Sohibqiron merosi — yoshlar tarbiyasida mustahkam poydevor
Amir Temur tavalludi munosabati bilan yurtimizda qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri sifatida Buxoroda tashkil etilgan davra suhbati ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Unda tarixchilar, ziyolilar, yoshlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etib, buyuk sarkarda va davlat arbobining boy merosi, davlat boshqaruvidagi donishmandligi hamda ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida fikr almashdilar.
Tadbir davomida “Temur tuzuklari” asarining mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi. Unda ilgari surilgan adolat, tartib-intizom va vatanparvarlik g‘oyalari bugungi kunda ham dolzarb ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda Amir Temur siymosining o‘rni beqiyos ekani qayd etildi.