Juma 11-Oktyabr 2024-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Soliq ma’murchiligini soddalashtirish tarafdorimiz

27.09.2024
129

O‘zLiDePning mamlakatimizda qulay tadbirkorlik muhitini yaratish maqsadida amalga oshirgan sa’y-harakatlari natijasida soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Shuningdek, mulk solig‘i stavkasi 5% dan 1,5% ga, QQS stavkasi 20%dan 12%ga tushirildi. Ish haqiga nisbatan soliq yuki 2 baravar kamaytirildi.

Ayni yo‘nalishdagi islohotlarni davom ettirish maqsadida partiyamiz o‘z Saylovoldi dasturida soliq ma’murchiligi tizimini soddalashtirish, barcha tadbirkorlar uchun soliqni to‘lash borasida adolatli va teng sharoitlar yaratish masalalarini kiritgan.

Sodda va adolatli soliq tizimi tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirishning eng maqbul yo‘llaridan biri hisoblanadi.

Ma’lumki, zamonaviy biznesda soliq ma’murchiligi tadbirkorlar uchun moliyaviy hisob-kitoblarning to‘g‘ri va aniq bo‘lishiga xizmat qiladi. Soddalashtirilgan soliq ma’murchiligi davlat daromadlarini yig‘ishni ta’minlabgina qolmay, qulay ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda ham muhim rol o‘ynaydi. Samarali soliq ma’muriyati investitsiyalarni jalb qilish, tadbirkorlikni rag‘batlantirish va iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashish orqali korxonalarning raqobatbardosh ustunligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Soliq ma’murchiligini takomillashtirish mamlakatimizda iqtisodiy o‘sishni va innovatsiyalarni rag‘batlantiradigan yanada mustahkam va raqobat muhitiga yo‘l ochib beradi.

Tadbirkorlar uchun qulay ishbilarmonlik muhitini ta’minlash, soliq yukini yanada kamaytirish, sohada raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish orqali soliq idoralari va tadbirkorlar o‘rtasidagi muloqotda inson omilini keskin cheklash maqsadida partiyamiz o‘z saylovoldi dasturida ushbu masalaga alohida e’tibor qaratmoqda.

Partiyamizning mazkur tashabbusi o‘z elektorati manfaatlarini himoya qilish va g‘oyalariga sodiq ekanligidan dalolat beradi. Shuningdek, mazkur tashabbusning amalga oshirilishi tadbirkorlarga yengilliklar berish orqali yangi tadbirkorlik subyektlarining vujudga kelishiga hamda yangi ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qiladi. Bularning barchasi yakunda aholi farovonligi va mamlakat iqtisodiyoti barqaror rivojlanishini ta’minlaydi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?