Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 23-aprel 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“Yurakka yo‘l” aksiyasi doirasida mahallalardagi oilalar holidan xabar olinyapti

23.04.2026
62

Inson qadrini ulug‘lash — jamiyat taraqqiyotining eng muhim mezonlaridan biri. O‘zLiDeP tashabbusi bilan Xorazm viloyati Xonqa tumanida amalga oshirilayotgan “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi aynan shu ezgu g‘oyani hayotga tatbiq etmoqda. Aholi xonadonlariga borib, ularning yashash sharoitini o‘rganish, muammolarini tinglash va manzilli yordam ko‘rsatish orqali insonga bo‘lgan e’tibor yanada kuchaymoqda.

“Yurakka yo‘l” aksiyasi doirasida mahallalardagi ko‘plab oilalar qamrab olinib, ularga zarur mebel jihozlari va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Bu nafaqat turmush sharoitini yengillashtirdi, balki insonlar qalbida ishonch va minnatdorlik tuyg‘ularini mustahkamladi. Samimiy muloqotlar va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash esa odamlarga yangi kuch va ruh bag‘ishladi.

Shuningdek, “Keksalarga mehr” aksiyasi orqali yolg‘iz keksalar holidan xabar olinib, ularga amaliy yordam ko‘rsatildi. Volontyorlar ishtiroki bu jarayonga alohida mazmun bag‘ishlab, avlodlar o‘rtasidagi mehr-oqibat rishtalarini mustahkamladi. Bunday xayrli tashabbuslar inson qalbiga yo‘l topish, uni qo‘llab-quvvatlash va quvontirish — eng oliy qadriyat ekanini yana bir bor namoyon etmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?