Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 28-fevral 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Surxondaryolik tadbirkor “Roja” pomidorining bir tupdan 5 kilogramm hosil olmoqda

27.02.2026
8

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitovning Surxondaryo viloyatiga tashrifi doirasida navbatdagi manzil Termiz tumanidagi “Xumoyiddin-Farangiz” oilaviy korxonasi bo‘ldi. 2020 yilda tashkil etilgan ushbu korxona 2 gektar maydonda faoliyat yuritib, issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlab kelmoqda. Ayni paytda korxonada 9 nafar doimiy va 10 nafar mavsumiy ishchi mehnat qilmoqda.

Tashrif davomida korxona rahbariyati tomonidan issiqxona faoliyati, agrotexnik tadbirlar va hosildorlik ko‘rsatkichlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Qayd etilganidek, “Roja” navli pomidor ekilib, bir tupdan o‘rtacha 4,5–5 kilogramm hosil olinmoqda hamda hozirgacha to‘rtinchi marotaba hosil terimi amalga oshirilgan. Yetishtirilgan mahsulotlar asosan ichki bozorlarga yetkazib berilmoqda.

Uchrashuv chog‘ida qish mavsumida elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar muhokama qilinib, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan, xususan, quyosh panellaridan foydalanish imkoniyatlari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, agronomlar uchun maxsus uyushma tashkil etish taklifi ilgari surilib, bu tashabbus hududda zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, tajriba almashinuvi va barqaror daromad manbalarini kengaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?