Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 01-Sentyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Tadbirkor oldidagi qarzini vaqtida uzmaganlar penya to‘laydi

20.08.2025
109

O‘zbekistonda moddiy zarar yoki qarzdorlik sud qarorida belgilangan muddatda qoplab berilmagan taqdirda, kechiktirilgan har bir kun uchun penya undirish (astrent tizimi) joriy etiladi. “Har bir kechikkan kun tadbirkorning zarariga ishlamoqda”, dedi prezident. Tadbirkorlar iqtisodiy va ma’muriy sudlarga eksterritorial tartibda murojaat qilishi mumkin bo‘ladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan uchrashuvda moddiy zararni undirish bo‘yicha sudlar qarorlari ijrosi kechikayotgan holatlarga e’tibor qaratdi.

Aslida, undirilishi kerak bo‘lgan qarzdorlikning har bir kechikkan kuni tadbirkorning zarariga ishlamoqda, dedi davlatimiz rahbari.

Shuning uchun xalqaro tajriba asosida astrent tizimi joriy qilinadi. Bunda moddiy zararni qoplash kechiktirilgan har bir kun uchun qarzdor hisobidan penya undirish sud qarorida aniq belgilab qo‘yiladi.

Shuningdek, endilikda tadbirkorlar iqtisodiy va ma’muriy sudlarga eksterritorial tartibda murojaat qilishi mumkin bo‘ladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?