Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 01-Sentyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Tadbirkorlar uchun yangi davr: bu safargi amnistiyaning o‘ziga xosligi nimada?

21.08.2025
129

Prezidentimiz tadbirkorlar bilan muloqotda yana bir muhim taklifni ilgari surib, 1 noyabrga qadar "amnistiyasi" e’lon qildi.

Ko‘pchilik bu xabarni eshitib, "Bungacha ham amnistiyalar bo‘lgan-ku?" deb o‘ylashi tabiiy. Ha, to‘g‘ri, avvalgi yillarda ham tadbirkorlarga yengilliklar berilgan, biroq bu safargi amnistiyaning ahamiyati va miqyosi juda katta!

Avvalgi amnistiyalar ko‘pincha aniq bir toifadagi qarzdorliklar yoki jarimalarni kechirishga qaratilgan edi. Bu safargisi esa butunlay boshqacha! U nafaqat qarz yoki jarimalarni, balki 1 noyabrgacha bo‘lgan barcha xato va kamchiliklarni ixtiyoriy ravishda to‘g‘rilash imkonini beradi.

Bu tadbirkorlarga nima beradi? Taьkidlanganidek, bugungi kunda soliq tekshiruvlari bo‘yicha 20 mingdan ziyod tadbirkor faoliyatida 16 trillion so‘mlik xato va kamchiliklar aniqlangan. Ushbu holat minglab biznes vakillarining tadbirkorlik reytingidagi o‘rniga o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazmay qolmayapti.

Endi tadbirkorlarimiz biznes reytingini yangilashi, tartibga solib olishi va kelgusidagi ishlarini qonun doirasida xotirjam davom ettirishi mumkin. Bu faoliyatni "toza sahifadan" boshlash uchun chinakam tarixiy imkoniyat!

Bular hali hammasi emas! Muloqotda yana bir katta yangilik e’lon qilindi: Endilikda yillik aylanmasi 20 milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan korxonalargina foyda solig‘i bo‘yicha avans to‘lovlarini amalga oshirishi belgilandi. Bu 14 mingga yaqin tadbirkorning ixtiyorida 1 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ qolishini anglatadi. Bu mablag‘larni biznesni kengaytirish, yangi texnologiyalarga sarmoya kiritish va eng muhimi — xodimlarga yaxshiroq sharoit yaratish uchun sarflash mumkin bo‘ladi.

Kecha davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan takliflar O‘zLiDePning saylovoldi dasturidagi maqsadlarga to‘liq mos kelib, bu tashabbuslar tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, soliq ma’murchiligini soddalashtirish va haqiqiy erkin bozor iqtisodiyotini qurishga qaratilgan.


Abdumannop Buriyev, 
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi
O'zLiDeP fraksiyasi a'zosi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?