Tajribali tadbirkor xotin-qizlarga mahorat darsi o‘tkazdi
O’zLiDeP Namangan viloyati Kengashi tashabbusi bilan xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etish maqsadida “Bugunning tadbirkor ayoli” loyihasi doirasida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbir Namangan davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tdi. Unda tadbirkorlikda katta tajribaga ega, Shuhrat medali sohibi va “Ishbilarmon ayol – 2025” tanlovi g‘olibasi Hakima Toshmatova o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Uchrashuvda xotin-qizlar orasida tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardagi faolligini oshirish, yoshlarni zamonaviy ishbilarmonlik tajribalariga yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi.
Ishtirokchilar qizg‘in muloqot jarayonida o‘z fikr va takliflarini bildirib, mutaxassislardan amaliy savollariga javob oldilar.