Asosiy kontentga o‘tish
Juma 17-aprel 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Talabalar deputatlar bilan uchrashuvda o‘zlari ishlab chiqqan innovatsion mahsulotlarni namoyish etishdi

17.04.2026
72

Buxoro davlat texnika universitetida viloyat hokimligi, O‘zLiDeP viloyat Kengashi hamda oliy ta’lim muassasasi hamkorligida “Deputat va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.

Unda so‘zga chiqqanlar vohada turizm salohiyatining izchil rivojlanayotgani, infratuzilmaning zamonaviy talablarga mos ravishda takomillashib borayotgani hamda sayyohlar oqimi yil sayin ortib borayotganini ta’kidladilar.

Uchrashuv davomida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning ta’lim olishi, bandligi va intellektual salohiyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ayniqsa, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, dual ta’lim orqali talabalarni amaliyotga yaqinlashtirish va ish bilan ta’minlash borasida muhim fikrlar ilgari surildi.

Shuningdek, “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida yoshlarni IT va sun’iy intellekt sohasiga jalb etish, startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlikka keng yo‘l ochishga qaratilgan tashabbuslar taqdim etildi. Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda universitet tomonidan ishlab chiqilgan innovasion mahsulotlar ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?