Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 01-iyul 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Deputatlik nazorati kuchaytiriladi

30.06.2026
48

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbarining hisoboti eshitilib, ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar muhokama qilindi.

Ma’lum qilinishicha, tumanda 65 nafar o‘qituvchi kasbiy sertifikatga, 41 nafar maktab direktori menejerlik sertifikatiga, 29 nafar pedagog esa xalqaro malaka sertifikatiga ega bo‘lgan.

Yig‘ilish yakunida deputatlar tomonidan tegishli qaror qabul qilinib, ta’lim sohasidagi islohotlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?