Asosiy kontentga o‘tish
Juma 31-Oktyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“Tekis yo‘l – xavfsiz harakat”: yo‘l qurilishida zamonaviy islohotlar muhokama qilindi

30.10.2025
84

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tomonidan “Ravon yo‘l va xavfsiz harakatlanish”, “Yo‘llar va yo‘lovchilar (yo‘ldan foydalanuvchilar, haydovchilar) masalalari” loyihalari doirasida “Yo‘l qurilishi sohasidagi islohotlar, muammolar va takliflar” mavzusida navbatdagi davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir 2025 yil 27 oktyabr kuni “YO’LQURILISH” aksionerlik jamiyatining majlislar zalida bo‘lib o‘tdi. Unda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi mas’ul vakillari, O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi a’zolari, “YO’LQURILISH” AJ mutaxassislari hamda talaba yoshlar ishtirok etdilar.

Suhbat davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 oktyabrdagi PQ-330-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 30 dekabrdagi VM-901-sonli hamda 2022 yil 12 iyuldagi PQ-316-sonli qarorlaridan kelib chiqib, yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish va harakat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Davra suhbatida “YO’LQURILISH” AJ vakillari yo‘l xo‘jaligini raqamlashtirish, sifat nazoratini kuchaytirish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va sohada zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdilar. Shuningdek, avtomobil yo‘llari va sun’iy inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash hamda yo‘lbo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishlarida korrupsion omillarni bartaraf etish va huquqiy mexanizmlarni mustahkamlash bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — tekis va ravon yo‘llar yaratish, xavfsiz harakatlanishni ta’minlash, haydovchi va yo‘lovchilarning yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishini kuchaytirish hamda bu yo‘nalishdagi qonunchilikni takomillashtirishdir.

Davra suhbati yakunida ishtirokchilar tomonidan ilgari surilgan taklif va mulohazalar yozma va og‘zaki shaklda yig‘ilib, maxsus ishchi guruhiga taqdim etildi. Ushbu takliflar asosida qonunchilikka tegishli qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar belgilandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?