Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 02-iyul 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Toshkent tumanidagi sayyor qabulda 22 ta murojaat joyida yechim topdi

02.07.2026
101

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Toshkent tumanida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Qabulda 123 dan ortiq fuqaro qatnashib, 31 dan ziyod murojaat ko‘rib chiqildi. Shundan 22 ta murojaat joyida hal etildi, qolganlari esa ijrosi nazoratga olindi.
Fuqarolar asosan ta’lim, tadbirkorlik, gaz, yo‘l harakati xavfsizligi va kommunal xizmatlar bilan bog‘liq masalalarni ko‘tardilar. Barcha murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, deputatlar ehtiyojmand oilalar holidan xabar olib, ularga oziq-ovqat, dori-darmon va turli mehnat qurollari ko‘rinishida amaliy yordam ko‘rsatdilar.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?