To‘raqo‘rg‘ondagi sayyor qabulda 54 ta murojaat joyida yechim topdi
To‘raqo‘rg‘on tumani Madaniyat markazida “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida sayyor qabul tashkil etildi. Unda tuman hokimi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etib, aholidan 100 ga yaqin murojaat qabul qilindi. Murojaatlarning 54 tasi joyida hal etildi, 23 ta oilaviy nizo bo‘yicha esa uyma-uy o‘rganish va yechim topish choralari belgilandi.
Qabul davomida ko‘tarilgan masalalarga aniq yechimlar berildi. Jumladan, “Yettikon” mahallasida yangi transformator o‘rnatish 3 kun ichida amalga oshirilishi belgilandi, “Birlashgan” MFYda 30 ta eski elektr ustunlarini almashtirish ishlari shu kunning o‘zida boshlandi. Shuningdek, fuqaro Jamila Azimova 21-sonli texnikumga ishga joylashtirildi, Muxtasar Hojiyeva esa davolanish va bepul dori-darmon bilan ta’minlanadigan bo‘ldi.
Bu kabi sayyor qabullar aholi muammolarini joyida hal etish, murojaatlarga tezkor va manzilli yondashishda samarali mexanizm ekanini ko‘rsatmoqda. “Xalq bilan birga” dasturi orqali har bir murojaat ortidagi inson taqdiriga e’tibor qaratilib, aholi ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.