Asosiy kontentga o‘tish
Juma 28-avgust 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Trikotaj eksportchisi - “Ishbilarmon ayol” tanlovining tuman bosqichida g‘olib bo‘ldi

26.08.2026
117

Xorazm viloyati Urganch tumanida O‘zLiDeP tashabbusi bilan “Ishbilarmon ayol–2026” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazilib, unda mahallalardan 24 nafar faol va tashabbuskor tadbirkor ayol ishtirok etdi. Ishtirokchilar o‘z biznes loyihalari va mahsulotlarini taqdim etib, tadbirkorlik sohasidagi tajribasi va yangi g‘oyalarini namoyish qildi. Yakunlarga ko‘ra, “Xadicha universal optom” oilaviy korxonasi rahbari Dilnura Atabayeva 1-o‘rinni egalladi.

2012 yildan buyon tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelayotgan Dilnura Atabayeva rahbarlik qilayotgan korxonada trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilib, 24 nafar xotin-qiz doimiy ish bilan ta’minlangan. Korxona mahsulotlari Turkiya va Qozog‘istonga eksport qilingan. Tadbirkor yaqinda 200 million so‘m mablag‘ evaziga Xitoyda ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalarni xarid qilib, maxsus kiyimlarga sifatli logotiplar tushirish imkoniyatini yo‘lga qo‘ydi.

Tanlovda 2-o‘rinni gul bosilgan gazlama va chokli matolar yaratish yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkor Fotima Egamova, “Zamonaviy bunyodkor ayol” nominatsiyasida esa “Alina tikuvchilik” MCHJ rahbari O‘g‘iljon Sherova egalladi.
Tanlovda ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan biznes loyihalari va mahsulotlar hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholandi.

Mazkur tashabbus xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, mahallalarda bandlikni ta’minlash hamda yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?