Uychi tumanida saylovoldi targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi
Namangan viloyatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi oldidan joylarda targ‘ibot ishlari davom etmoqda. O‘zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodlar bilan navbatdagi uchrashuvlar Uychi tumanida ham ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.
Uychi tumani Madaniyat markazi hamda “Barkas Teks” MCHJda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Marufjon Rahmanov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Erkin va farovon, qudratli Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz!” shiori ostidagi targ‘ibot tadbirida xalq deputatlari viloyat, tuman Kengashlari deputatligiga ko‘rsatilgan nomzodlar, O‘zLiDeP faollari, nuroniylar va yoshlar vakillari ishtirok etdilar.
Binobarin, partiya o‘z saylovoldi dasturida xalqimiz farovonligi uchun 5 ta maqsad va 500 ta vazifa belgilangan bo‘lib, birinchi maqsad barqaror iqtisodiy o‘sish orqali har bir inson, oila va jamiyat farovonligiga erishishga qaratilgan.
Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Barno Mirzamova ham so‘zga chiqib, barchani saylovda faol qatnashishga chaqirdi.