Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 11-Sentyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“UzAuto Motors” Xorazm filialida futbol musobaqasi bo‘yicha O'zLiDeP kubogi o‘tkazildi

09.09.2025
87

“UzAuto Motors” AJ Xorazm viloyati filialida OʻzLiDeP viloyat Kengashi bilan hamkorlikda futbol musobaqasi tashkil etildi. Musobaqada ishchi-xodimlar va yoshlardan tuzilgan jamoalar sport ruhi va hamjihatlik asosida bellashdilar.

Tadbirda partiyaning aholini, ayniqsa yoshlarni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish va sportga jalb qilishga qaratilgan ishlari haqida ma’lumot berildi.

Gʻolib va sovrindor jamoalarga faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Tashkilotchilar ta’kidlaganidek, bunday tadbirlar ishchi-xodimlarning sog‘lig‘ini mustahkamlash, sportga qiziqishini oshirish va ish samaradorligini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?