Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 06-aprel 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“Xalq bilan birga” – aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam

06.04.2026
90

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida uchrashuv tashkil etildi. Unda aholi salomatligini muhofaza qilish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

“Yurakka yo‘l” aksiyasi doirasida uyma-uy yurish orqali aholi muammolarini o‘rganish, erta tashxis va profilaktikani kuchaytirish rejalashtirilgan. “Salomatlik sari” aksiyasi esa kam ta’minlangan oilalarni dori-darmon bilan ta’minlash va bepul tibbiy ko‘riklar o‘tkazishni qamrab oladi.

Surxondaryoda o‘tkazilgan mazkur tadbir ham shu maqsadlarga xizmat qilib, birlamchi tibbiy xizmat sifatini oshirish, chekka hududlarda tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratildi.

Mazkur dastur aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, muammolarga manzilli yechim topish va sog‘liqni saqlash tizimini yanada samarali qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?