Yakshanba 22-Dekabr 2024-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yo‘l qurilishi, gaz va elektr yetkazib berish sohasiga xususiy biznesni jalb etish - zamon talabi

17.09.2024
248

Yo‘l qurilishi, gaz va elektr yetkazib berish sohalariga xususiy biznesning faol jalb etish katta samara berishi dunyo amaliyotidan yaxshi ma’lum.

Shu nuqtai nazardan, O’zbekiston liberal demokratik partiyasi tomonidan joriy yilgi saylovlarda yo‘l qurilishi, gaz va elektr yetkazib berish sohasiga xususiy biznesni jalb etish taklifini uzoqni ko‘zlagan strategik tashabbus deb atash mumkin.

Ma’lumki mamlakatimizda elektr energiyasini ishlab chiqarish to‘liq davlat tasarrufida bo‘lib, endilikda, buni bosqichma-bosqich xususiy sektorga o‘tkazish borasida aniq strategik vazifalar belgilanmoqda. Ya’ni, 2025 yilga kelib 47 foiz, 2030 yilga kelib 52 foiz elektr energiyasi xususiy sektor tomonidan ishlab chiqarilishiga erishish ko‘zda tutilgan. Demak kelgusida quriladigan yangi elektr stansiyalarining aksariyati investorlar hisobiga to‘g‘ri keladi va xususiy sektor tomonidan quriladi.

Bu esa soha infratuzilmasi va mamlakat iqtisodiyoti uchun avvalo samarali bozor va raqobat muhitini yuzaga keltiradi hamda aholi uchun qulayliklar yaratishga xizmat qiladi. Raqobat natijasida aholi uchun arzon elektr energiyasi ta’minlab berish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Shuningdek, tabiiy gaz yetkazib berish sohasiga ham xususiy biznesni jalb etish orqali sohada raqobat vujudga kelishini kuzatish mumkin bo‘ladi. Bu borada mamlakatimizda tabiiy va suyultirilgan gazni iste’molchilarga yetkazib berish bo‘yicha monopoliyani bekor qilish va past bosimli gaz taqsimlash tarmoqlarini boshqarishga xususiy biznesni jalb qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ishlab chiqilgan tartib asosida 2024−2025 yillarda xususiy sektorga o‘tkazish uchun «pilot» hududlarni aniqlash ishlari faol ravishda olib borilmoqda.

Shu jihatdan partiya tashabbusining mohiyatida salohiyatli kompaniyalar bilan muzokaralar olib borish va hududlardagi gaz taqsimlash tarmoqlarini aniq shartlar asosida xususiy sektorga o‘tkazish ishlarini yanada jadallashtirish g‘oyasi mujassamdir. Bundan tashqari elektr energiyasini taqsimlash va sotishga investorlarni jalb qilish yuzasidan aniq chora-tadbirlar bajarish ustuvor vazifa sanaladi.

Shunday ekan, O’zLiDeP partiyasi saylovoldi dasturidagi yo‘l qurilishi, gaz va elektr yetkazib berish sohasiga xususiy biznesni jalb etish tashabbusi amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, xizmat ko‘rsatishda yuqori sifatni ta’minlash, yo‘qotishlarni oldini olish, barqarorlikni ta’minlash orqali aholi turmush tarzi yaxshilanishi va mamlakat farovonligiga xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?