Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 24-iyun 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“Yosh fermerlar maktabi” — tajriba va imkoniyatlar maydoni

24.06.2026
91

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yosh fermerlar maktabi” loyihasi doirasida bir guruh yoshlar Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazida bo‘lib, qishloq xo‘jaligidagi zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or tajribalar bilan tanishdilar.

Seminar davomida ishtirokchilarga yerdan samarali foydalanish, suv tejovchi texnologiyalar, bog‘dorchilik, tomorqachilik, baliqchilik hamda mahsulot yetishtirish va sotish bo‘yicha amaliy ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, yoshlar innovasion issiqxonalar va tajriba maydonlarini ko‘zdan kechirib, yuqori hosildorlikka erishishda innovatsiyalarning ahamiyati haqida tushunchalarga ega bo‘ldilar.

Bunday tadbirlar yoshlarni fermerlikka qiziqtirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda kelajakda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishi uchun mustahkam zamin yaratmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?