Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 01-Sentyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“Yosh tadbirkorlar” chempionati tashkil etiladi

20.08.2025
113

Prezidentimiz tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda mamlakatimizda startaplar sohasini qo‘llab-quvvatlash, innovatsiyalarni tijoratlashtirish va yoshlar g‘oyalarini amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Sakkiz yil avval barmoq bilan sanarli bo‘lgan startaplar soni bugungi kunda 600 dan oshib ketgani yurtimizda innovasion muhitning jadal rivojlanayotganidan dalolatdir.
Joriy yilda yoshlar yaratgan mingta startap g‘oyasi tijoratlashtirilib, ularning 200 tasi xalqaro bozorga chiqarilishi belgilangan. Shu maqsadda 100 million dollar mablag‘ yo‘naltirilib, 100 ta mahalliy startap xalqaro miqyosda jozibador biznesga aylantiriladi.
Shu yildan “Yosh tadbirkorlar” chempionati tashkil etilib, eng yaxshi 100 g‘oya tanlab olinadi va har biriga 1 milliard so‘mgacha investisiya kiritiladi. Shuningdek, g‘oliblar uchun moliyaviy va marketing xizmatlari xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi.
Bundan tashqari, fintex-startaplarni rivojlantirish bo‘yicha besh yillik strategiya ishlab chiqilib, “ochiq banking” tizimi joriy etiladi. Bu esa raqamli moliyaviy xizmatlarni kengaytirish bilan birga, yaqin yillarda startaplarga kiritiladigan investisiyalarni 10 barobarga oshirish imkonini beradi.
Davlatimiz rahbarining ushbu tashabbuslari O‘zLiDeP saylovoldi dasturida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar bilan hamohang bo‘lib, partiya innovasion g‘oyalar, startap va fintex loyihalarini qo‘llab-quvvatlashni mamlakat taraqqiyotining muhim omili sifatida belgilab olgan.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?