Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 24-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

Özbekiston dunyoga yetib keldi va dunyo Özbekistonni qamrab oldi

28.05.2024
0

Uçinçi Toşkent xalqaro investitsiya forumi haqida öylar


Dunyo terak uçiga qurilgan quş uyasidek qalqib turibdi. Turli davlatlararo ziddiyatlar avj olmoqda. Odamzod kelişmovçiliklar, talatöplar içida yaşamoqda. Buning ustiga tabiiy resurslarni haddan ziyod işlatib yuborganimiz oqibatida ekologiya inqiroz yoqasiga kelib qoldi. Global isiş, qurğoqçilik, çöllaniş, degradatsiya va sanab hisobiga yeta olmaydigan şunday muammolar paydo bölyaptiki, insoniyat tabiat oldida özi qilgan gunohini oqlaş undan “keçirim” söraşga majbur bölyapti.


Uzoqqa bormaylik, bundan uç yil oldin  birinçi Toşkent xalqaro investitsiya forumini bir eslaylik. 2022 yilda ötkazilgan birinçi investitsiya forumida 56 davlatdan 2 mingdan ziyod yirik investorlar Toşkentga kelgan edi. Buni qarangki, 2023 yilda ötkazilagn forumda esa 70 davlatdan 2500 nafar iştirokçi poytaxtimizga yetib keldi. 2024 yilda esa bu miqdor tağin yuksaldi. Ya’ni 93 davlatdan 2500 nafardan ziyod yirik investorlar Toşkent zaminiga qadam qöydi.


Investitsiya bu ertaga öziga qaytadigan, daromad keltiradigan manba. Şunday bölgaç, yirik investorlar mamlakatni örganar ekan, hatto şu yerda yaşovçi xalqlar mintaletitidan tortib, tarixiy qadriyatlarigaça örganadi. Uçinçi Toşkent xalqaro investitsiya forumiga kelgan yirik biznesmenlar xalqimiz hayoti, turmuş tarzi, milliy qadriyat va urf-odatlari bilan qiziqqani bunga aniq misol böla oladi. Çunki bugungi zamonaviy investor faqat foyda olib, juftakni rostlaş haqida emas, ham özi, ham şu mamlakat foyda körişini, ertaga uning izidan yaxşi nom qolişini istaydi. Busiz investor öz maqsad muddaosiga erişa olmaydi. Şundan bölsa kerak, joriy yilda ötkazilgan sönggi investitsiya forumida 26 milliard dollarlik şartnomalar imzolandi. Bu aytişga oson. Şunça mablağ bilasizmi, qança yangilaniş va rivojlanişga asos bölib xizmat qiladi.


Har galgidek, sönggi forumda davlat rahbari darajasidagi yalpi majlis, turli masalalar muhokamasiga bağişlangan ekspertlarning 50 dan ortiq uçraşuvlari, jumladan panel munozaralari, davra suhbatlari va B2B muzokaralar ötkazildi. Forumning har bir iştirokçisi hamkorlar bilan manfaatlar kesişadigan nuqtalarini topişdi, muayyan investitsiya loyihalarini örganişdi, önlab yönalişlarda röy berayotgan sönggi tendensiyalarni muhokama qilişdi va istiqbolli takliflarni qabul qilişdi. Yuqorida ta’kidlab ötganimizdek, bu dunyoning Özbekistonga quçoq oçgani, yurtimizning, Markaziy Osiyoning investitsiya markaziga aylanib borayotganiga aniq dalil böla oladi.


Prezidentimiz tomonidan “Uçinçi Toşkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengaşining navbatdagi yiğilişi doirasida erişilgan kelişuvlarning ijrosini ta’minlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaror qabul qilingani esa anjuman nufuzini yanada oşirdi. Uçinçi Toşkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengaşining yiğilişi doirasida 26 mlrd AQŞ dollaridan ziyod miqdordagi investitsiya loyihalarini amalga oşiriş böyiça kelişuvlarga erişildi.


Davlatimiz rahbari ötgan uç yil davomida mazkur forum ikki va köp tomonlama hamkorlikni kengaytiriş, eng dolzarb muammolarni muhokama qiliş, ilğor ğoya va yondaşuvlarni işlab çiqiş uçun samarali muloqot maydoniga aylanganini alohida ta’kidladi. Bu öz navbatida mamlakatimizda ortga qaytmaydigan islohotlarga, özaro manfaatli hamkorlikni yölga qöyişga bölgan ulkan qiziqişdan dalolat beradi. Islohotlar ortga qaytmaydi degan fikr bu adolatli haqiqat. Xalqimiz endi bizdan ham, rahbariyatdan ham islohot davomiy bölişini talab qiladi. Şuni alohida aytmoqçimanki, mamlakatimizda ortga qaytmaydigan tus olgan islohotlar davom ettiriladi, dedi Prezident.


Yana raqamlarga qaytadigan bölsak, bu yil forumda rekord miqdordagi iştirokçilar qatnaşgani, delegat, jumladan, hukumat rahbarlari, yirik kompaniyalar rahbarlari va BMT, YeTTB, OPYeK va ŞHT kabi nufuzli xalqaro taşkilotlar vakillarining kelgani bu yirik sarmoyaviy anjumanga qiziqiş ortib borayotganini körsatmoqda. Forum raqamli transformatsiya, transport-logistika yönalişlarini rivojlantiriş, infratuzilma va yaşil iqtisodiyot kabi istiqbolli tarmoqlarda işbilarmonlik aloqalarini örnatiş uçun noyob imkoniyat yaratdi.


Özbekistonning sarmoyaviy salohiyatini oçib beriş uçun 40 dan ortiq tadbirlar, jumladan, seksiyalar, davra suhbatlari va taqdimotlar ötkazilgani fikrimizni tasdiqlab turibdi. Forumning eng muhim qismi xorijlik hamkorlar iştirokida bir qator yirik loyihalarni işga tuşiriş marosimi ötkazildi. Bundan taşqari, forum doirasida Özbekiston prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengaşining ikkinçi yalpi majlisi bölib ötdi.


Şarq — dunyo tamaddunining markazi ekanini Toşkent forumi yana bir bor isbotladi. Çunki dunyodagi global miqyosdagi murakkab va tahlikali jarayonlar, noaniqliklar dunyo iqtisodiyotiga jiddiy putur yetkazayotgani heç kimga sir emas. Ana şu tahlikali vaziyatning özi mamlakatlarni birlaşişga, özaro hamkorlik qilişga undamoqda. Özbekiston esa bu jihatdan dunyoga namuna bölmoqda. Davlatlar örtasidagi iqtisodiy hamkorlik aloqalarining mustahkamlanişi hayotiy zaruratdir. Albatta, unda uçinçi Toşkent xalqaro investitsiya forumining neçoğli katta ahamiyat kasb etganini söz bilan ta’riflaş qiyin.  Çunki mazkur forum yirik biznesmenlar örtasida ikki va köp tomonlama hamkorlikni kengaytiriş, eng dolzarb muammolarni muhokama qiliş, ilğor ğoya va yondaşuvlarni işlab çiqiş uçun eng samarali muloqot markaziga aylandi.


Dunyoning eng yirik investorlarini Toşkentda jam bölişi zamirida yana bir haqiqat yotadi. Bu  mamlakatimizda yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz qabul qilingani bilan çambarças boğliq. Çunki Boş Qomusimizda xususiy mulk daxlsizligi, bozor munosabatlarini rivojlantiriş va halol raqobat uçun şart-şaroit yaratiş, tadbirkorlar qonunçilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oşirişga va öz faoliyati yönalişlarini mustaqil ravişda tanlaşga haqliligi, bank operatsiyalarining, omonatlarining va hisobvaraqlarining sir tutilişi belgilab qöyilgan. Bu albatta, dunyo biznsesmenlarini öz mablağlarini Özbekiston uçun tikişga muhim omil bölib xizmat qilayotgani şubhasizdir.


Dunyoda çuqur transformatsiya jarayonlari keçayotgan, tovar va xizmatlar böyiça uzviy riştalar salqi tortgan, xalqaro savdo-sotiq pasaygan, investitsiya oqimlari kamaygan eng muhimi iqlim ofatlari kuçaygan şaroitda yirik investorlar uçun muloqot qiliş, muammolarga yeçim topiş uçun bir maydon kerak edi. Toşkent forumi ular joniga aro kirdi. Bu haqda Prezidentimiz öz ma’ruzasida jahon iqtisodiyotining ösiş sur’atlari sönggi uç yil davomida pasayayotganini körsatib ötdi. Töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar bilan boğliq tendensiyalar ham kutilgan umidlarni oqlamayapti. 2023 yilda rivojlanayotgan davlatlarga kiritilgan investitsiyalar umumiy hajmi 9 foizga kamaydi.


Davlatimiz rahbari bugun jahonda investorlar uçun mislsiz kuraş ketayotganini qayd etib,  heç bir mamlakat bu kabi ötkir muammolarni yakka holda hal eta olmasligini aytdi.  Özaro işonç va hurmat ruhi, bir-birini qöllab-quvvatlaş tamoyili uzoq muddatli hamkorlikning mustahkam ustuni bölib qolaverişiga alohida urğu berdi.


Özbekiston yetakçisi aytganidek, mamlakatimizda investitsiya va biznes muhitini tubdan yaxşilanmoqda. Bu boradagi tösiqlar bosqiçma-bosqiç bartaraf etilmoqda. Mamlakatimizga öz mablağini tikkan har bir sarmoyador özini erkin va işonçli his qilişi uçun barça imkoniyalar yaratilmoqda. Masalan, sönggi yillarda iqtisodiyotimiz qariyb ikki barobar ösdi. Savdo aylanmasi körsatkiçlari oşib boryapti. Oxirgi yillarda mamlakatimizda 60 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar özlaştirildi. 2023 yilda xorijiy investitsiyalar hajmi qariyb ikki barobar oşdi. Yana şuni alohida e’tirof etiş lozimki, xalqaro moliya institutlari mablağlarini ijtimoiy va infratuzilma sohalariga jalb qilişda muayyan natijalarga erişilmoqda.


Endi şu örinda bir savol tuğilişi tabiiy. Nega yurtimizda bu masalaga bu qadar katta e’tibor qaratilmoqda? Buning boisi şundaki, milliy iqtisodiyotimizni kötariş, texnik va texnologik yangilaş, yuqori barqarorlik va iqtisodiy yuksalişlarga erişişda investitsiyalar jalb qilişning ahamiyati juda katta. Özbekistonning investorlarga öz eşigini katta oçayotganining boisi ham şunda. Masalan, energetika sohasini olaylik. “ACWA Power”, “Masdar”, “Total Eren”, “Voltalia”, “Ҫalɩk” va “Aksa”, kimyo sanoatida “Air Products”, “Indorama” va “CAMCE”, toğ-kon va metallurgiyada – “Orano” va “DANIELI”, avtomobilsozlik va elektrotexnika yönalişlarida “BYD”, “Kia” va “Samsung”, quriliş sohasida “Koҫ” va “KNAUF” kabi dunyoning yetakçi kompaniyalari hamda yirik brendlari bilan 300 dan ortiq investitsiya va sanoat loyihalari işga tuşirilgani va yuz minglab yangi iş örinlari yaratilgani ana şu sa’y-harakatlar samarasi, desak mubolağa qilmagan bölamiz.


Forum doirasida dunyoning ilğor kompaniyalari hisoblangan “Linde”, “Orascom”, “DataVolt”, “Bonafarm”, “PAŞA holding” va boşqa şeriklar iştirokida yangi yirik loyihalarga start berilgani esa olamşumul voqea böldi. Bu loyihalr jonajon diyorimizda iqtisodiy yuksalişlarga qanot böladi. Natijada xalq turmuş farovonligi, ijtimoiy-iqtisodiy muammolar öz-özidan bartaraf etiladi. Çunki yurtimizda investorlar bilan hamkorlikda amalga oşirilayotgan bunday istiqbolli loyihalar yaqin yillarda özining ijobiy samarasini beradi. Bunga işonçimiz komil.


         Yana bir gap. Dunyoning manaman degan yirik investorlarining Özbekistonga oçiq çehra, yaxşi niyat bilan kirib kelişi yurtimizning mislsiz ğalabasi, desak, sira mubolağa qilmagan bölamiz. Axir özingiz bir öylab köring, dunyoda siqilib, bir çekkadan nomi çiqmay, öz mahsulotini dunyoga çiqara olmay yuriş qaydayu, 93 ta mamlakatning 2500 dan ziyod çöntagida sarmoyasi bor biznesmenlar bilan hamkorlik qilgan qayda?  Tasavvur qilayotgan bölsangiz, uçinçi Toşkent xalqaro investitsiyalar forumi bu Özbekistonning dunyo ustidan qozongan mislsiz ğalabasidir. Qolversa, davlatimiz rahbarining uzoqni köra olgan oqilona siyosati tufayli xorijiy investorlarga dividend soliğidan imtiyozlar berildi. Xususiylaştiriş jarayonining huquqiy asoslari mustahkamlandi va xususiylaştiriş dasturi yanada kengaytirildi. Muhimi esa tadbirkorlar barqarorligi reytingi joriy qilindi, sanoat zonalari infratuzilmasi rivojlantirilmoqda. Yerlarni ajratişning şaffof tizimi joriy qilindi.


         Köryapsizmi, bu kabi imtiyoz va yengilliklar yurtimizda faoliyat boşlayotgan xorijiy investorlar faoliyatiga ham ijobiy ta’sir ötkazadi. Investorlar uçun yana bir muhim manba: oxirgi yetti yilda oliy ta’lim qamrovi 9 foizdan 42 foizga oşdi, oliy öquv yurtlari soni 200 tadan ortdi. Özbekistonda 90 dan ortiq davlatlar uçun vizasiz rejim joriy etildi. Maxsus iqtisodiy zonalar faoliyat muddatlari böyiça çeklovlar ham bekor qilinadi, xorijiy sarmoyadorlar uçun yerlarni ijaraga beriş muddati 25 yildan 49 yilgaça uzaytiriladi. Axir bunday yangilanişlar qaysi yirik investorning közini “öynatmaydi” deysiz.


 Prezidentimiz bizning asosiy maqsadimiz – Özbekistonni xorijiy investorlar uçun işonçli va uzoq muddatli hamkorga aylantirişdir, deganida ana şunday imtiyozlarni köpaytirişni nazarda tutgani aniq. Binobarin, yurtimizda bozor munosabatlarini rivojlantiriş, investorlar huquqlari işonçli himoya qilinişi, qulay investitsiya va işbilarmonlik muhitini yanada takomillaştiriş, halol raqobat uçun yanada keng şart-şaroitlar yaratiş, xususiy mulk daxlsizligi va sud tizimining mustaqilligini ta’minlaniş yölida izçil islohotlar olib borilmoqda.


         Ona sayyoramiz “hansirab” turibdi. Dardini biz tinglamasak, kim tinglaydi? Dunyoning yirik investorlari loyihalarida ham kelajakda farzandlarimizga musaffo havo, yaşil tabiat, soğlom yer qoldirişdek, maqsadlar mujassam. Buni ular bilan suhbat jarayonida bir neça bor guvohi böldik. Şu jihatdan bugun tilimizda “yaşil energetika”, “yaşil iqtisodiyot”, “yaşil sanoat” kabi iboralar tuşmay qoldi. Buning öziga xos sabablar bor. Misol uçun yer osti zaxiralaridan foydalanib, elektr energiyasi işlab çiqariş atrof-muhitga qançalik zararli ekanini bugun tuşunib yetyapmiz. Şu bois investorlar Özbekistonda quyoş va şamol elektr stansiyalarini qurişda faollik körsatişmoqda. Investorlar bilan hamkorlikda “yaşil” energetika tarmoği samaradorligini oşiriş nafaqat Özbekiston balki butun mintaqamiz uçun juda dolzarbdir. Bu borada mamlakatimizda 28 ta loyiha ustida iş olib borilayotgani quvonarli. 2030 yilgaça 20 gigavattdan ortiq qayta tiklanuvçi energiya quvvatlarini yaratiş va energetika balansida uning uluşini 40 foizga yetkaziş közda tutilgan. Strategik şeriklar bilan birgalikda yirik şamol va quyoş elektr stansiyalari barpo qilinmoqda, “yaşil vodorod” işlab çiqariş işlari boşlandi. Ötgan yilning özida 1,4 gigavatt quvvatdagi yirik şamol va quyoş elektr stansiyalari işga tuşirildi.


         Forumda yana bir quvonarli voqea röy berdi. Ya’ni qöşni Qirğiziston va Tojikistondagi gidroelektr stansiyalarini birgalikda quriş loyihalari taqdimoti ötkazildi. Uşbu loyihalar davlat-xususiy şeriklik tamoyili asosida amalga oşirilayotganiga e’tibor qaratib, mamlakatimiz yetakçisi barça davlatlar yetakçi kompaniyalarini oçiq muloqot va amaliy hamkorlikka taklif etdi. Demak forum doirasidagi loyihalar mintaqada muammolarni hal etişda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa qöşni davlatlar bilan aloqalarimizni yanada mustahkamlaydi.


         Özbekiston xudo yorlaqagan davlat. Yer osti boyliklarining özi istiqboli porloq yurt ekanidan dalolat berib turibdi. Ammo biz bu tabiiy boyliklardan unumli foydalana olyapmizmi? Qaysi ma’danlarning hali “közi” oçilmagan, qaysi mineral resurslar özlaştirilmasdan turibdi? Bu borada forumda investorlarni jalb qiliş yuzasidan şartnomalar imzolangani nur ustiga nur böldi. Hammamizga ma’lumki, yurtimizda oltin, mis, volfram, kumuş, uran, 30 dan ortiq kamyob metallarning ulkan zaxiralari mavjud va xalqaro tajriba asosida işlab çiqilgan yangi tahrirdagi “Yer osti boyliklari töğrisida”gi qonunning qabul qilinişi hamkorlikni rivojlantirişda muhim asos bölib xizmat qiladi.


         Baribir hamkorlik yaxşi narsa-da. Ayniqsa, qöşni davlatlar bilan “ol tovğim, ber tovoğim” kabi qöşniçilikning ming yillik an’analari qayta tiklangani bu yangi taraqqiyot sari taşlangan muhim qadamdir. Yana bir misol: xorijiy şeriklar bilan birgalikda Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston va Özbekiston – Afğoniston – Pokiston temir yöllarini quriş böyiça dastlabki işlar boşlangani qanday yaxşi.  Uşbu strategik loyihalar mintaqadagi geoiqtisodiy vaziyatni butunlay özgartirib yuborişini tasavvur qilyapsizmi? Axir Markaziy Osiyo Şimol va Janub, Şarq va Ğarb bilan boğlanadigan global tranzit markaziga aylansa, bu imkoniyatlarimizni yanada kengaytiradi-ku! Şunday olamşumul loyihalar amalga oşirilayotganidan biz qança faxrlansak arziydi.


Fikrimiz sönggida Prezidentimizning  “Investitsiyalar – bu mamlakatimiz transformatsiyasining lokomotivi va iqtisodiy taraqqiyotimizning mustahkam drayveridir” degan ibratli sözlarini keltirib ötmoqçiman. Xulosa şuki, mamlakatimiz rahbari rahnamoligida Özbekiston dunyo sahniga yangi qadam qöymoqda. Bu — Yangi Özbekistonning qutluğ qadamidir. Uning şaxdam va öktam bölişini tilam qolamiz.


Nodir JUMAYEV,


Oliy Majlis Qonunçilik palatasi


Sanoat, quriliş va savdo masalalari qömitasi  raisi,


iqtisodiyot fanlari doktori, professor

Saytni yangi dizayni yoqdimi?