Shanba 08-Fevral 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“OʻzLiDePda mehmon” loyihasi o‘tkazildi

21.01.2025
128

Loyihaning navbatdagi mehmoni mashhur bloger, huquqshunos hamda aktyor Otabek Mahkamov yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Muloqot jarayonida Otabek Mahkamov o‘zining shaxsiy tajribalari, huquqiy maslahatlari va yoshlar uchun dolzarb bo‘lgan ijtimoiy masalalar bo‘yicha fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, tadbirda yoshlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlashdagi muhim omillar, erkin fikr va tashabbuslarni rivojlantirish yo‘nalishlari shuningdek, OʻzLiDePning saylovoldi dasturida yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ustuvor maqsad va vazifalar muhokama qilindi.

OʻzLiDeP volontyorlari o‘z savollari bilan tadbirda faol ishtirok etishdi. Ular Otabek Mahkamovning javoblari orqali huquqiy masalalarga doir aniq tushunchalarga ega bo‘lishdi. Shuningdek, yoshlar tomonidan bildirilgan tashabbuslar partiya rahbariyati tomonidan e’tirof etilib, qo‘llab-quvvatlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?