Asosiy kontentga o‘tish
Yakshanba 22-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

Özbekiston va Ozarbayjon: Strategik birodarlik mustahkamlanmoqda

04.07.2025
1177
--:--

Tez özgarayotgan geosiyosiy vaziyat va mintaqaviy birdamlikka ehtiyoj ortib borayotgan bir paytda, Özbekiston va Ozarbayjon örtasidagi strategik şeriklik tobora mustahkamlanib, mazmunan yanada boyib bormoqda. Ikkala davlat hamkorlikni özaro hurmat, pragmatizm va qardoş xalqlarning birligi asosiga quriş mumkinligini amalda namoyon etmoqda. Bundan taşqari, ular mintaqaviy barqarorlik, oçiqlik va tinçlikka yönaltirilgan hamkorlikning yorqin namunalaridan biriga aylangan.

2025-yil 2-iyul kuni Bokudagi “Zagulba” qarorgohida bölib ötgan Oliy davlatlararo kengaşning ikkinçi yiğilişi Özbekiston va Ozarbayjon örtasidagi munosabatlarning yangi bosqiçini boşlab berdi. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga davlat taşrifi özaro işonç va strategik kömak ramzi böldi.

Davlatimiz rahbari taşrif va Kengaş yiğilişi ikki davlat örtasida diplomatik aloqalar örnatilganining 30 yilligi doirasida ötkazilayotganini alohida ta’kidladi. Bu voqea nafaqat ramziy, balki amaliy ahamiyatga ham ega. Toşkent va Boku örtasida siyosiy, iqtisodiy, gumanitar va transport sohalarida misli körilmagan darajadagi yaqinlik şakllandi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “heç qaçon tarixda bizning munosabatlarimiz bugungidek yuksak darajada bölmagan”. Bu sözlarni köplab fakt va natijalar tasdiqlaydi.

Birinçidan, Özbekiston va Ozarbayjon umumiy maqsad va qaraşlarga ega. Ikkala xalqni tarix, öxşaş qadriyatlar, til va madaniyat birlaştirib turadi, bu esa doim birodarlik va özaro işonç asosini mustahkamlab kelgan.

Ikkinçidan, siyosiy işonç doimiy davlatlararo aloqalar orqali mustahkamlanmoqda. Sönggi oylar davomida Xivada ilk parlamentlararo forum, Andijonda rektorlar forumi ötkazilib, 60 dan ortiq kelişuvlar imzolandi, hukumatlararo komissiya va Boku şahrida hududlar forumi bölib ötdi. Bularning barçasi hamkorlik jarayonlariga markaziy hokimiyatdan tortib, hududlar va universitetlargaça turli darajalarning jalb etilganligini körsatadi.

Uçinçidan, iqtisodiy kun tartibi yiğilişning asosiy mavzusiga aylandi. 2025-yil ikki davlat munosabatlarida Iqtisodiy hamkorlik yili, deb e’lon qilindi. Ötgan yilda Özbekiston va Ozarbayjon örtasidagi savdo hajmi 25 foizga oşdi. Hozirda Ozarbayjonda Özbekiston kapitali iştirokida 300 ga yaqin qöşma korxona faoliyat yuritmoqda. Investitsiya loyihalari portfeli 4 milliard AQŞ dollariga yetdi, bu esa boşlanişi xolos. Yaqin yillarda savdo va investitsiyalar hajmini yiliga 1 milliard dollarga yetkaziş rejalaştirilmoqda.

Yiğilişda sanoat, infratuzilma, qişloq xöjaligi, turizm, soğliqni saqlaş va moliya sohalarini qamrab olgan alohida Hamkorlik dasturi taqdim etildi. Şuningdek, qöşma investitsiya kompaniyasi faoliyatini faollaştiriş, tadbirkorlar kengaşi va sanoat-iqtisodiy zonalar forumini taşkil etiş taşabbusi qöllab-quvvatlandi. Bu tomonlarning faqat an’anaviy savdoni emas, balki yuqori texnologiyalar, barqaror rivojlaniş va qöşimça qiymat zanjirlarini rivojlantirişga sodiqligini körsatadi.

Imzolangan hujjatlar orasida 2025–2026-yillarga möljallangan Sanoat kooperatsiyasi dasturi, agrosanoat majmuasi va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş böyiça amaliy harakatlar rejasi, 2030-yilgaça savdo hajmini 1 milliard dollarga yetkaziş dasturi muhim ahamiyat kasb etdi.

Yiğilişdagi eng muhim yutuqlardan biri Özbekistonning “yaşil” energiyasini Yevropaga eksport qiliş böyiça qöşma loyihani jadallaştiriş böyiça erişilgan kelişuv böldi. Uşbu loyiha Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazda keng qamrovli “yaşil ötiş” strategiyasining muhim qismiga aylanişi va butun mintaqaning energetik mustaqilligi va ekologik xavfsizligini kuçaytirişi mumkin.

Şuningdek, Transkaspiy (Örta) transport yölagi doirasida transport aloqalarini rivojlantiriş ham muhim ahamiyat kasb etadi. 2025-yil bahoridan boşlab, Özbekiston va Ozarbayjon yuk taşiş uçun elektron ruxsatnoma tizimini joriy etdi, bu esa yuk taşiş hajmini 25 foizga oşiriş imkonini berdi va yiliga bir million tonnadan ortiq yuk taşişga erişildi. Örta transport yölagi Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz, Turkiya va Yevropani boğlovçi strategik arteriyaga aylanmoqda. Kelajakda bu yönaliş geosiyosiy jihatdan beqaror hududlarni çetlab ötgan holda Şarq va Ğarb örtasidagi asosiy logistika yölagi bölişi mumkin.

Bundan taşqari, Kaspiy dengizida dengiz transporti va kema qurilişi sohasida hamkorlik protokoli imzolandi, bu esa dengiz logistikasini kengaytiriş uçun yangi imkoniyatlar eşigini oçadi.

Gumanitar sohadagi kelişuvlar ham strategik şeriklik faqat pragmatik manfaatlargagina emas, balki barqaror va inklyuziv taraqqiyot masalalariga ham qaratilganini körsatmoqda. Atrof-muhitni muhofaza qiliş, fan, kasb-hunar va oliy ta’lim sohalarida hamkorlik böyiça hukumatlararo bitimlar imzolandi. 2025–2027-yillarda fuqarolarni ijtimoiy himoya qiliş böyiça alohida hujjatlar qabul qilindi.

Bu esa ikki davlat tomonidan BMT ilgari surgan Barqaror rivojlaniş maqsadlarini amalga oşiriş böyiça körilayotgan çora-tadbirlarga töliq mos keladi. Bu orqali ijtimoiy siyosat sohasida mintaqaviy yetakçilik namunasi yaratilmoqda va mazkur jarayonda atrof-muhit, ta’lim va ijtimoiy qöllab-quvvatlaş masalalari asosiy örinda turadi.

Madaniy aloqalar ham faollaşmoqda. Xususan, Ozarbayjonning “Şirvon” ansambli Xivadagi xalqaro “Baxşi” festivalida Gran-prini qölga kiritdi. 2025-yil davomida yoşlar va madaniy almaşinuvlar doirasida köplab qöşma tadbirlar rejalaştirilgan, bu esa ayniqsa yubiley yilida alohida ahamiyat kasb etadi.

Bokuda “Özbekiston” boğining qurilişi va Özbekiston Respublikasining yangi elçixonasi binosining oçilişi muhim ramziy qadam böldi. Bunga javoban, Özbekistonda “Ozarbayjon” boği va “Sea Breeze” turistik majmuasi qurilişi rejalaştirilmoqda. Uşbu taşabbuslar madaniy va diplomatik ahamiyatga ega bölib, birodar xalqqa hurmatni hamda ikki millatning ma’naviy yaqinligini şahar makonida mustahkamlaş istagini namoyiş etadi.

Xalqaro va mintaqaviy kun tartibida mamlakatlar yetakçilari özaro fikr birligini hamda xalqaro maydonlarda bir-birini qöllab-quvvatlaş niyatini yana bir bor tasdiqladilar. Özbekiston barça mojarolar va keskin masalalar faqat tinçlik yöli bilan, diplomatiya asosida hal etilişini qat’iy qöllab-quvvatlaydi. Ozarbayjon ham uşbu yondaşuvni qöllab-quvvatlaşi ikki davlatning xalqaro taşkilotlar doirasidagi umumiy pozitsiyasini kuçaytiradi.

Yuqorida qayd etilgan fikrlardan xulosa qilgan holda Oliy davlatlararo kengaşning ikkinçi yiğilişi davomida iqtisodiyotdan tortib madaniyatgaça, transportdan tortib ijtimoiy siyosatgaça bölgan barça asosiy sohalarni qamrab olgan bir qator hujjatlar paketi körib çiqilib, qabul qilinganini ta’kidlaş joiz. Imzolangan “yöl xaritasi” qabul qilingan qarorlarni amalga oşiriş uçun muhim dasturulamal bölib xizmat qiladi. Uşbu qadamlar strategik şeriklikni çuqurlaştirib, barqaror taraqqiyot va farovonlikka erişiş yölidagi umumiy maqsadimizga zamin yaratadi.

Aktam XAITOV,

Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi

ÖzLiDeP fraksiyasi rahbari

Saytni yangi dizayni yoqdimi?