O’zLiDePning ommaviy targ‘ibot tadbiri Marhamat ahlini munosib nomzodga ovoz berishga chorladi

24.09.2021, 16:56

O’zLiDePning ommaviy targ‘ibot tadbiri Marhamat ahlini munosib nomzodga ovoz berishga chorladi

Marhamat tuman markazidagi “Buyuk maskan” saylgohi O’zLiDePga hamohanglik kasb etdi. Bu yerda jam bo‘lgan tuman ahli vakillari partiyadan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning saylovoldi dasturidagi ustuvor maqsadlarni bir qarashdayoq angladilar, desak mubolag‘a emas. “Inson qadri uchun!”, “Har bir insonning qadri bor!”, “Inson farovonligi uchun!”, “Inson erkinligi uchun!”, “Inson xavfsizligi uchun!” kabi shiorlar bog‘ hovlisining barcha joylariga ko‘rk bag‘ishladi.

“Yangi O’zbekistonning tarakkiyoti uchun birlashaylik!” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ommaviy bayram tadbirini partiya viloyat Kengashi raisi Xurshidaxon Xalilova ochib, har bir o‘tayotgan kun xalqimizni tobora muhim siyosiy kunga yaqinlashtirayotganini va bu jarayon mamlakat kelajagini belgilab beruvchi muhim qaror ekanligini alohida ta’kidladi.

Ishonchli vakil O’ktamjon Axunov esa o‘z so‘zida saylovoldi dastur yo‘nalishlarining eng qaynoq rejalariga to‘xtalib, O’zbekistonda inson qadrini yanada yuksaltirish, xalqimiz turmushi farovonligini bundanda oshirish, “davlat – insonlar uchun” degan xalqchil g‘oyani to‘la amalga tatbiq qilish nomzodning pirovard maqsadi ekanligini qayd etdi.

Taniqli sanatkorlarning bayramona kuy-qo‘shiqlari sport va yengil atletikachi yoshlarning chiqishlariga yuqori kayfiyat ulashib turdi. Ayniqsa, boshlovchi tomonidan keng omma – yig‘ilganlar o‘rtasida “Men kelajagim uchun munosib nomzodni tanladim!” deb nomlangan chellenjning o‘tkazilishi asnosida partiya viloyat Kengashi hamda ishonchli vakilning feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi sahifalariga ayni chellenjning yuborilishi O’zLiDeP nomzodining hammaslaklari safi kengayishiga xizmat qildi.

  O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    346
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+