Ishonchli vakil ulug‘norlik saylovchilarga nomzodning saylovoldi dasturidagi ustuvor yo‘nalishlarni tushuntirdi

24.09.2021, 17:11

Ishonchli vakil ulug‘norlik saylovchilarga nomzodning saylovoldi dasturidagi ustuvor yo‘nalishlarni tushuntirdi

O’zLiDePdan Prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning Andijondagi ishonchli vakili O’ktamjon Axunovning Ulug‘nor tumani saylovchilari bilan uchrashdi.

Ochiq muloqotni kirish so‘zi bilan ochgan partiya viloyat Kengashi raisi Xurshidaxon Xalilovaning saylov va nomzod xususidagi fikrlarini O’ktamjon Axunov davom ettirdi.

Ishonchli vakil nomzodning saylovoldi dasturning mavjud yo‘nalishlarida amalga oshirilishi belgilangan ustuvor vazifalarni alohida qayd etdi.

Uchrashuvda so‘z olganlar so‘nggi besh yillikda nomzod tomonidan yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar samarasi xususida to‘xtalib, dasturdagi mazkur yo‘nalishda amalga oshirilishi belgilangan islohotlarni mamnuniyat bilan ta’kidlashdi.

- Xususan, saylovoldi dasturdagi uzluksiz ta’lim tizimi uchun milliy o‘quv dasturini joriy etish, ta’lim sifatini oshirish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratilishi, oliy ta’lim tizimida qamrov darajasini 50 foizga yetkazilishi va ta’lim sifatining yanada oshirilishi bo‘yicha belgilangan aniq rejalar ertamiz uchun muhim poydevordir, - dedi yoshlar faoli O.Karimova o‘z so‘zida. - Dasturdagi yana bir tashabbus men kabi yoshlar uchun katta imkoniyat, ya’ni 2026 yilgacha xususiy oliy ta’lim tashkilotlari soni kamida 50 taga yetkazilib, ularda ta’lim olayotgan talabalarga ham 7 yillik ta’lim kreditini olish imtiyozining berilishidir. Bu kabi yangi islohotlar kelajagi buyuk davlatni – yangi O’zbekistonni barpo etishimizda bizga dasturilamaldir.

Ishonchli vakil bilan samimiy savol-javoblar dasturning ustuvor yo‘nalishlari mazmun-mohiyatini yanada kengroq ochib berishga xizmat qildi.

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    252
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+