Ishonchli vakil buloqboshilik saylovchilar bilan uchrashdi

27.09.2021, 16:29

Ishonchli vakil buloqboshilik saylovchilar bilan uchrashdi

Buloqboshi tumanidagi 14-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida O’zLiDePdan nomzod Shavkat Mirziyoyevning Andijondagi ishonchli vakili O’ktamjon Axunov saylovchilar bilan uchrashdi. Uchrashuvni partiya viloyat Kengashi raisi Xurshidaxon Xalilova ochib, joriy yil 24 oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, uning hayotimizda, islohotlarning uzviyligida, mamlakat kelajagida tutgan o‘rni, ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Nomzodning Saylovoldi Dasturida ilgari surilgan har bir yo‘nalishdagi maqsad va vazifalarni yig‘ilganlarga aniq va lo‘nda, hayotiy misollar asosida tushuntirib bergan ishonchli vakil fikrlari orasida saylovchilar bilan muloqotga kirishdi. So‘nggi besh yillikdagi ezgu islohotlar, ulkan o‘zgarishlar, xalq hayotidagi tub burilishlar xususidagi qizg‘in savol-javoblar davraga yanada fayz kiritdi. Yig‘ilganlarga yuqori kayfiyat ulashdi.

Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari Odinaxon Otaxonova, Umidaxon Zokirova, Tohirjon Ahmadaliyev hamda To‘lqinjon Karimovlar ishonchli vakilning saylovoldi dastur mohiyatini yig‘ilganlarga yetkazishda hamfikr bo‘lib, o‘z faoliyatlari misolida munosabatlarini bildirdilar.

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    253
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+