Izboskanlik saylovchilarning tanlovi ishonchli vakilga yanada shijoat baxsh etdi

27.09.2021, 16:34

Izboskanlik saylovchilarning tanlovi ishonchli vakilga yanada shijoat baxsh etdi

O’zLiDePdan nomzodning Andijon viloyatidagi ishonchli vakili O’ktamjon Axunov Izboskan tumani saylovchilari bilan uchrashdi.

Tuman hokimligida tashkil etilgan uchrashuvni partiya viloyat Kengashi raisi Xurshidaxon Xalilova ochib, nomzodning ishonchli vakilini saylovchilarga tanishtirdi. Shundan so‘ng O’.Axunov nomzodning tarjimai holi, faoliyati, saylovoldi dasturi xususida qatnashchilarga atroflicha tushuntirishlar berdi.

Uchrashuv samimiy muloqotga ulandi. Saylovchilar vakillari so‘z olib, partiya nomzodining tashriflari mobaynida olgan iliq taassurotlari, so‘nggi besh yillikdagi izchil islohotlar samarasini to‘lqinlanib gapirdilar. Dasturda ilgari surilgan Yangi O’zbekiston strategiyasi mamlakat taraqqiyoti uchun bardavom yuksalish ekanligini ta’kidladilar.

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

 matbuot xizmati

 

Teglar
  • Ko'rildi
    225
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+