Yangibozorliklar partiyadan ko‘rsatilgan nomzodning dasturini qo‘llab-quvvatlashdi

29.09.2021, 17:36

Yangibozorliklar partiyadan ko‘rsatilgan nomzodning dasturini qo‘llab-quvvatlashdi

O'zLiDeP Xorazm viloyatidagi saylovoldi tashviqot uchrashuvlari Yangibozor tumani  “Cho‘bolonchi”  qishlog‘i “Oltinko‘l” madaniyat markazida davom etdi.

Unda nomzodning Xorazmdagi ishonchli vakili Amin Vapayev, O’zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi raisi Islom Fayzullayev, partiya viloyat Kengashi apparat rahbari Shuxrat Atajanovlar ham ishtirok etib, saylovchilarga nomzodning saylovoldi dasturida ilgari surilgan tashabbuslarining mazmun-mohiyatini tushuntirib berdilar.

So‘z olgan dasturda kelgusi besh yillikda barcha sohalarda qilinishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarni birma bir sanab o‘tdilar. Ishtirokchilar nomzodning dasturini bir ovozdan qo‘llab-quvvatlashdi.

Nasiba Vaisova,

O'zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

Matbuot kotibi

Teglar
  • Ko'rildi
    409
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+