Xonqalik saylovchilarga partiyadan ko‘rsatilgan nomzodning saylovoldi dasturi targ‘ib qilindi

05.10.2021, 17:10

Xonqalik saylovchilarga partiyadan ko‘rsatilgan nomzodning saylovoldi dasturi targ‘ib qilindi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzod Sh.Mirziyoyevning saylovoldi dasturini targ‘ibotiga bag‘ishlangan  uchrashuvlarning galdagisi Xonqa tumanining chekka xududi “Moshto‘qay” mahallasida ham bo‘lib o‘tdi.

Unda “Moshto‘qay”,  “Navro‘z”  mahallalari saylovchilari ishtirok qildilar.

Tashviqot tadbirida nomzodning Xorazm viloyati bo‘yicha ishonchli vakili Aminboy Vapayevning tashviqot guruhi a’zolari, partiya viloyat Kengashi tashkiliy partiviy ishlar bo‘yicha bo‘lim mudiri Durdona Qabulova, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Nasiba Masharipova, tuman Kengashi deputati Nodira Ro‘zmetova va partiya tuman Kengashi raisi Oybek Ibragimovlari ishtirok qilib, saylovchilarga saylovoldi dasturidagi 10 ta muhim ustivor yo‘nalishlar  to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berib o‘tdilar. 

Saylovoli dasturida barcha sohalar qatori faol tadbirkorlik va manzilli moliyaviy ko‘mak – kambag‘allikni qisqartirishning muhim omili sifatida qaraldi. Xususan, endilikda shahar va tumanlarda iqtisodiy kompleks tarkibiga kiradigan barcha idoralarning bosh vazifasi “mahallabay” ishlash asosida kambag‘allikni qisqartirish va ishsizlikni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, uchrashuvlar tumandagi 7-son musiqa maktabida davom etdi. Xususan, viloyat Kengashi raisi Islom Fayzullayev o‘z so‘zini nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirishdan boshlab, asosiy e’tibor  o‘tgan davrda turli sohalarda olib borilgan  ishlar va ularning xalq hayotidagi ahamiyatiga qaratildi.

Shundan so‘ng nomzodning ishonchli vakili Amin Vapayev so‘z olib yig‘ilganlarni  saylovoldi dasturidagi yo‘nalishlar bilan tanishtirdi va o‘tgan 5 yillikda qilingan ishlar, amalga oshirilgan islohatlar borasida hayotiy misollar asosida tushuntirishlar berdi.

Uchrashuv davomida saylovchilar ham o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Xonqa tumanidagi madaniyat markaazida bo‘lib o‘tgan targ‘ibot uchrashuvi  bayramona konsert dasturiga ulanib ketdi. Tuman madaniyat bo‘limining xushovoz xonandalari tomonidan namoyish etilgan konsert dasturi yig‘ilganlarga yuqori kayfiyat bag‘ishladi.

Teglar
  • Ko'rildi
    341
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+