Ishonchli vakil bog‘otlik tibbiyot xodimlari bilan uchrashdi

07.10.2021, 18:40

Ishonchli vakil bog‘otlik tibbiyot xodimlari bilan uchrashdi

O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Sh.Mirziyoyevning saylovoldi dasturi targ‘ibotiga bag‘ishlangan uchrashuvlar Bog‘ot tuman tibbiyot birlashmasida davom etdi. 

Uchrashuvda nomzodning Xorazmdagi ishonchli vakili Amin Vapayev nomzodning saylovoldi dasturida ilgari surilgan tashabbuslarning mazmun-mohiyatini tushuntirib berdi.

Xususan, viloyat Kengashi raisi Islom Fayzullayev o‘z so‘zini nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi va saylovoldi dasturidagi tibbiyot sohasini rivojlantirishga qaratilgan kelgusi 5 yillikdagi ustivor vazifalar borasida ma’lumotlar berdi.

Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 22 sentyabr kuni xorazmlik saylovchilar bilan uchrashuvida Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali mustaqil oliygohga aylantirilish,  uning qoshida tibbiy klinika tashkil etilishi, tumanlararo prenatal markazlar faoliyati yo‘lga qo‘yilishini aytganlari xorazmlik tibbyot xodimlari va shifokorlar tomonidan cheksiz manmuniyat bilan kutib olindi.  

Nomzodning saylovoldi dasturida belgilanganidek, kelgusida tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inida xalqimizga malakali xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilanadi. Ushbu sohaga ajratiladigan mablag‘lar 2 barobar oshirilib, asosiy e’tibor, xonadonbay tibbiy profilaktikaga qaratiladi. Aholi o‘rtasida keng tarqalgan yurak-qon tomir, endokrin, buyrak yetishmovchiligi va onkologik kasalliklarni kamaytirish maqsadida, alohida dasturlar qabul qilinadi. Reproduktiv yoshdagi va homilador ayollar, bolalar uchun yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish tizimi takomillashtiriladi. Birinchi bosqichda 46 ta tumanlararo periн́atal markazlari barpo etiladi.

Uchrashuv davomida shifokorlar keyingi yillarda tibbiyot sohasi va shifokorlarga qaratilayotga e’tibordan minnatdorligini bildirishdi. So‘z olgan partiya faollari nomzod faoliyatiga nazar solib, amalga oshirilayotgan islohatlarning barchasi insonlar uchun, xalq uchun, ularning obod yurtda erkin va faravon yashashlari uchun hayotga tadbiq etilayotganligini e’tirof etishdi va yig‘ilganlarni Shavkat Mirziyoyevga ovoz berishga chaqirdilar. 

Nasiba Vaisova,

O'zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

matbuot kotibi

Teglar
  • Ko'rildi
    453
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+