Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahridagi Prezident maktabida bo‘ldi
11.10.2021, 19:06
Mamlakatimizda ixtisoslashtirilgan ta’limning yangi tizimi - Prezident maktablari tashkil etildi. Joriy yilda Qarshi shahrida ham shunday maktab foydalanishga topshirildi.
Davlatimiz rahbari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida ushbu muassasani ko‘zdan kechirdi.
168 o‘rinli maktab binosi va yotoqxona Prezident maktablari standarti asosida qurilgan. Fan xonalari, laboratoriyalar, sport zallarida eng zamonaviy sharoitlar yaratilgan.
Bu yil maktabga 10 mingdan ziyod o‘quvchi hujjat topshirib, shundan 144 nafari qabul qilindi. Ta’lim jarayoni rivojlangan davlatlar tajribasi asosida ishlab chiqilgan o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha ingliz tilida olib boriladi. Buning uchun eng malakali o‘qituvchilar, jumladan, 10 nafar chet ellik mutaxassis jalb qilingan. 15 o‘rinli o‘qituvchilar mehmonxonasi qurilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘quvchilar bilan suhbatlashdi.
- Bu hayotlaringizdagi birinchi eng katta g‘alabangiz. Ana shu g‘alaba bilan sizlarni tabriklayman, ota-onangizga rahmatlar aytaman. O‘z kelajagingizga zamin yaratayapsiz. Vaqtdan, bu sharoitlardan unumli foydalaninglar. Bugungi muvaffaqiyat - tarix. Yanayam ko‘proq o‘qib, izlanishdan to‘xtamanglar. Kelgusida yangi O‘zbekistonning munosib farzandlari bo‘lib yetishasizlar. Men bunga ishonaman, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident maktabi bilan viloyatdagi boshqa maktablar o‘rtasida tajriba almashinuvni yo‘lga qo‘yish, shu asosida aniq fanlarni o‘qitish metodologiyasini yangilash zarurligi ta’kidlandi.
O'xshash yangiliklar
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yuksak xalqaro mukofotni topshirish marosimidagi nutqi
20.12.2023, 15:39
-
O‘zbekiston Prezidenti iqlim sohasidagi global kun tartibi doirasida qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi
04.12.2023, 10:21
-
O‘zbekiston Prezidenti Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
06.11.2023, 10:30
-
“Yashil ipak yo‘li”ni barpo etish yo‘lidagi muhim tashabbuslar va samarali muloqotlar
20.10.2023, 10:04
-
O‘zbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so‘zladi
21.09.2023, 09:50
Fikringizni qoldiring