YeOIIga a’zo mamlakatlar bilan o‘zaro hamkorlik sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi

16.12.2021, 15:09

YeOIIga a’zo mamlakatlar bilan o‘zaro hamkorlik sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi

2020 yil dekabrda mamlakatimiz Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi maqomiga ega bo‘ldi. Bu to‘g‘risidagi qaror Oliy Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining kengashida qabul qilindi. Unda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz YeOII bilan yaqin va ko‘p tomonlama hamkorlik qilishga katta ahamiyat qaratayotganini qayd etdi.   

Tadbirkorlikni rivojlantirish va sohani har tomonlama qo‘llab-quvvatlash asosiy dasturiy maqsadlaridan biri bo‘lgan O’zLiDeP YeOII bilan birgalikda yangi bozorlarni shakllantirgan holda savdo aloqalaridagi to‘siqlarni hamkorlikda bartaraf etish maydonchasi sifatida foydalanishni muhim, deb hisoblaydi. Bu migrantlarning huquqiy maqomi nuqtai nazaridan juda muhim, chunki O’zbekiston uchun hamkorlik mazkur yo‘nalishi, YeOII a’zo mamlakatlarida mehnat faoliyatini olib borish va yashashlari uchun zarur sharoitlar bilan ta’minlanish darajasi nihoyatda katta ahamiyatga ega.   

Aytish kerakki, YeOIIga a’zo mamlakatlarining aksariyati O’zbekistonning tashqi savdo sohasidagi an’anaviy hamkorlari hisoblanadi. 2020 yilning yakunlari bo‘yicha mamlakat savdo aylanmasining 30%dan ortiqrog‘i ularning ulushiga to‘g‘ri keldi. O’zbekistonning tashqi iqtisodiy hamkorlari orasida Rossiya ikkinchi o‘rinni egallaydi. Rossiya-O’zbekiston savdo aylanmasi 5,6 milliard dollarni tashkil etadi, Qozog‘iston  3,01 milliard dollar bilan uchinchi, Qirg‘iziston 903 million dollar bilan yettinchi, Belarus 280,1 million dollar bilan yigirmanchi o‘rinni egallaydi.  

Chet el kapitali ishtirokidagi O’zbekiston korxonalarining umumiy sonidan 32 foizi  YeOII ga to‘g‘ri keladi – RF ishbilarmonlik doiralari ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 1934, Qozig‘iston – 902, Qirg‘iziston – 161, Belarus – 80, va Armaniston – 36 birlikni tashkil etadi. 

Ta’lim sohasidagi hamkorlik ham juda katta ahamiyatga ega. O’zbekistonda yildan-yilga YeOIIga a’zo mamlakatlarning oliy o‘quv yurtlari filiallari soni ortib bormoqda. Va bunda kadrlarni tayyorlash mamlakatimizning barqaror rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan sifat darajasi ham ta’minlanadi. YeOII a’zo mamlakatilarida mavjud yangi tovar bozorlarining O’zbekiston tomonidan o‘zlashtirilishini bojxona tartib-taomillarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu tartib-taomillar o‘z ichiga bojxona ta’minoti va mamlakat mahsulotlarini kuzatib borish kabi taomillarni o‘z ichiga oladi.  Bunday yondashuv yangi transport yo‘laklarini yaratish masalasi bilan bog‘liq. Umuman olganda, kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lish O’zbekiston uchun o‘z salohiyatini amalga oshirish, birinchi navbatda, iqtisodiyot sohasidagi salohiyatni ishga solish imkonini beradi. 

2021 yil 10 dekabrda Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishining yakunlari ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi.  Onlayn-anjuman ishida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi. Shuningdek, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Kosim Jo‘mart To‘qayev raislik qilgan sammitda Kengashning faxriy raisi, Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Armaniston Respulikasi Bosh vaziri Nikal Pashinyan, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi qoshidagi kuzatuvchi mamlakat - Kuba Respublikasi Prezidenti Migel Bermudes va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Hay’ati raisi Mixail Myachsnikevich ishtirok etdi. Bunda YeOII doirasida o‘zaro yanada hamkorlikni rivojlantirish va integratsiya jarayonlarini kuchaytirish, shu jumladan, iqtisodiyot, savdo, sanoat, transport, bojxona ma’murchiligi, raqamlashtirish va boshqa yo‘nalishlarda o‘zaro amaliy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.     

Shu yerda Shavkat Mirziyoyevning O’zbekistonning kuzatuvchi mamlakat sifatida YeOII dagi ishtirokining bir yillik davri davomida, Birlashmaning turli organlari bilan, eng avval, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK),  bilan uch yillik Tadbirlar rejasi qoidalarini bajarish doirasida ishlar bajarilgani to‘g‘risidagi so‘zlarini alohida qayd etish lozim.  Milliy qonunchilikning YeOII me’yorlari bilan, birinchi navbatda tashqi savdoni stantartlashtirish va tarifsiz boshqarish choralari sohasida izchil yaqinlashtirish ustida ish olib borilmoqda. O’zbekiston “COVIDdan xoli tarzda sayohat qilaman” raqamli platformasiga qo‘shildi. Demak, Yevroosiyo taraqqiyot bankiga qo‘shilish jarayoni boshlandi.  

Qayd etildiki, hozirgi zamon xatarlariga qaramasdan, murakkab sharoitlarga moslashish va yangi “o‘sish nuqtalari” topish imkoni tug‘ilmoqda. Masalan, O’zbekistonning Tashkilot mamlakatlari bilan savdo aylanmasi 2021 yil boshidan 30 foizga ortdi. Bunda 2019 yil bilan solishtirganda savdo 11 foizga oshgan. 

O’z navbatida, partiyamiz global iqlim o‘zgarishlarini hisobga olgan holda  “yashil” energetika loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, IT – sohasida tajriba almashish va ishbilarmonlik hamkorligini rivojlantirish yo‘nalishida birlashish jarayonlarini davom ettirish va kengaytirishni muhim, deb hisoblaydi. O’zLiDeP kuzatuvchi davlatlarni dolzarb tashabbuslar va kooperatsiya dasturlarini Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida amalga oshirishga faol jalb etish yo‘lida xarakat qiladi. Partiyamizning qrashlari va maqsadlarini umumlashtirgan holda qayd etish lozimki, O’zLiDeP Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqqi mamlakatlari bilan o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish tarafdoridir.    

Shu munosabat bilan, Oliy Yevroosiyo iqtisodliy ittifoqining 2021 yil dekbrdagi yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev tomonidan ta’kidlangan dolzarb masalalarni hal etish ustuvor ahamiyat kasb etadi. Birinchi navbatda, bu o‘zaro savdodagi to‘siqlar va cheklovlarni bartaraf etish, YeOII mamlakatlari bilan savdo aylanmasini orttirish uchun yanada maqbul sharoitlarni yaratish bo‘yicha yondashuv va mexanizmlarni  birgalikda ishlab chiqish masalalarining muhimligidir. Ikkinchidan, tizimli asosda sanoat kooperatsiyasi va o‘zaro xarakatni, shu jumladan, O’zbekistonning mazkur Tashkilot doirasida onlayn Sanoatlashtirish xaritasini yaratishda ishtiroki yo‘li bilan ham chuqurlashtirish zaruriyati. Uchinchidan, yangi transport yo‘laklarini yaratishga qaratilgan loyihalarni faol ilgari surish kerakki, bu YeOII mamlakatlarining tranzit salohiyatini orttirishga yordam beradi. 

Shu ma’noda O’zbekistonning YeOII doirasida turli to‘siq va cheklovlarni aniqlash va bartaraf qilish jarayonidagi ishtiroki, fikrimizcha, milliy tadbirkorlar uchun maqbul sharoitlar yaratadi va resspublikaning eksport salohiyatini kengaytirishga xizmat qiladi. Masalan, YeOII xuquqiga muvofiq fitosanitar me’yorlarni muvofiqlashtirish va texnik tartibga solish natijasida yaratilgan qo‘shimcha afzalliklar YeOII mamlakatlariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va oziq-ovqat tovarlarini yetkazib berishni yiliga taxminan 30 foizga oshirish imkonini beradi (2020 yil eksport hajmlari darajasidan 195 mln.AQSh dollari).  Bundan tashqari, O’zbekiston uchun uchinchi davlatlar uchun meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishni orttirish bo‘yicha yangi imkoniyatlar paydo bo‘ladi, shu tufayli bu mahsulotlar eksporti prognozlarga ko‘ra uch barobar ortishi mumkin.   

YeOII a’zo mamlakatlarining transport sohasidagi kamchiliklar kamayishi, tarifsiz to‘siqlarni optimallashtirish va ularning davlat xaridlarida ishtiroki ehtimoli hisobiga mamlakatning tekstil-trikotaj sanoati sohasidagi eksport salohiyati ancha ortishi mumkin. Ushbu bozor sig‘imi taxminan 12,9 mlrd. Dollarga baholanmoqda, O’zbekistonning undagi ishtiroki esa bugungi kunda turli baholarga ko‘ra bor-yo‘g‘i 1,6 mlrd. dollarni tashkil etmoqda.    (14% dan kamroq).

Shu faktni ham nazarda tutish kerakki, O’zbekiston iqtisodiyotining faol rivojlanayotgan sohalari YeOII ning ustivor sohalari sarasiga kiradi. Xususan, bular avtomobilsozlik, yengil, kimyo, neft-kimyo sanoatlari, plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarish va shu kabilardir. 

So‘nggi yillarda O’zbekistonda sanoatni rivojlantirish, shu bilan birga, xom ashyo eksportini qisqartirish va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishini diversifikatsiya qilish siyosatini parallel ravishda ilgari surishga alohida ahamiyat berilmoqda. Misol uchun, 2018 yildan boshlab o‘zbek paxtasini  eksport qilish qisqartirilmoqda, o‘rta muddatli istiqbolda tabiiy gazni chet davlatlarga eksport qilishni tugatish ko‘zda tutilgan. 

Biroq, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlarni sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish dunyo bozorida shavqatsiz raqobat bilan to‘qnashmoqda. Shuning uchun istiqbolda O’zbekistonning YeOII bilan hamkorligi, O’zLiDeP fikricha, O’zbekiston va shu tashkilot mamlakatlari uchun mintaqalararo ishlab chiqarish zanjirini kengaytirish, mahsulot sifati bo‘yicha xalqaro standartlarga erishish, eksportga yo‘naltirilgan yangi ishlab chiqarishni shakllantirish, ishlab chiqarish quvvatlarining yanada samarali bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.  

Pirovard natijada, yuqori qo‘shilgan qiymatgaa ega bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarish hajmlari va nomenklaturasini kengaytirish, shuningdek, sifatni yanada yaxshilash va xarajatlarni kamaytirish yo‘nalishidagi ishlar O’zbekistonning YeOII a’zo mamlakatlari bilan o‘zaro hamkorlik harakati mamlakatimiz sanoat korxonalarining raqobatbardoshligi oshirish imkonini beradi.  Shubhasiz, bularning barchasi Yangi O’zbekistonni rivojlantirish strategiyasi islohotlarining talablari va ehtiyojlariga to‘liq muvofiq bo‘ladi. 

Aktam XAITOV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari,

O’zLiDeP fraksiyasi rahbari.

  • Ko'rildi
    628
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+