Sirdaryo tumanidagi 23 nafar hokim yordamchilari partiya safiga qo‘shildi
25.02.2022, 16:08
Ma’lumki, shu yilning 1 yanvardan boshlab har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi lavozimi ta’sis etildi.
-Partiyamizning maqsad va vazifalarining har bir bandida faoliyati aks etadigan hokim yordamchilari avvaldan partiyamizning faollari edi, -deydi O’zLiDeP Sirdaryo tuman Kengashi apparat rahbari Muhriddin Rahmattulayev. - Ularni yangi lavozimda ish boshlashi, partiyadagi faoliyatimizga mosligi fikrlarimizni bir joydan chiqishiga sabab bo‘ldi.
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirishning ichki imkoniyatlari, tadbirkorlik bo‘yicha ixtisoslashuv va mehnat resurslarini inobatga olgan holda, uni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yo‘nalishlarni belgilash, ularni ishga solish orqali mahallaning iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, mahallada istiqomat qiluvchi aholining oilaviy tadbirkorligini rivojlantirish, jumladan, ularning hunarmandchilik, kasanachilik, tomorqadan samarali foydalanish, kichik ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqa turdagi faoliyatni yo‘lga qo‘yishi uchun oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kreditlar olishda ko‘maklashish hokim yordamchilarining vazifalariga kiradi.
Tumandagi 23 nafar hokim yordamchilari partiyaga kirishga ariza berib, bir kunda a’zolik guvohnomalarini olishdi. Ular partiyaning, partiya Kengashi ularning faoliyatiga, maqsadlariga ko‘makdosh bo‘lishga kelishdilar.
O’zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Делегация УзЛиДеП вылетела в Китай
08.05.2024, 19:31
-
Dehqonchilik qilmoqchi bo‘lgan yoshlar uchun nimalar o‘zgardi?
07.05.2024, 16:47
-
Buxoro tumani mahallalarida “Ishbilarmon ayol-2024” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichlari davom etmoqda
06.05.2024, 13:41
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
Fikringizni qoldiring