Ishchi guruh vakillari chorvadorlar faoliyati bilan tanishdi

07.04.2022, 15:06

Ishchi guruh vakillari chorvadorlar faoliyati bilan tanishdi

Partiya faollari chorvachilik sohasini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar va aholini chorvachilik mahsulotlari bilan ta’minlashdagi holatlar yuzasidan o‘rganishlar olib bormoqda.

 O'zLiDeP Namangan viloyat Kengashi vakillari Kosonsoy tumanida chorvachilik sohasida faoliyat yuritayotgan “IBODILLO GOLD INVES” fermer xo‘jaligi faoliyati bilan tanishdi.

Hozirgi kunda mazkur  fermer xo‘jaligida Gollandiya davlatidan keltirilgan 100 dan ortiq naslli qoramol boqilib, aholini sut mahsulotlari bilan ta’minlab kelmoqda.

Uchrashuv davomida fermer xo‘jaligi rahbari Ibodilloxon G’oziyev ishtirokchilarga chorvachilik fermer xo‘jaligi uchun ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish, yem-xashak jamg‘arilishi va qishloq mulkdorining kelgusida qayta ishlash borasidagi rejalari to‘g‘risida ham atroflicha ma’lumot berib o‘tdi.

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    431
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+