Umumxalq e’tiboriga havola etilgan farmon va qaror loyihalari tadbirkorlar muhokamasida (+VIDEO)

23.08.2017, 18:26

Umumxalq e’tiboriga havola etilgan farmon va qaror loyihalari tadbirkorlar muhokamasida (+VIDEO)

2017-yilning 23-avgust kuni O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi tashabbusi bilan videokonferensaloqa shaklidagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda hukumat portalida umumxalq e’tiboriga havola etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish va biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalar va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori loyihalari xususida so‘z yuritildi.

Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatining xuquqiy asoslarini yanada mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning yangi bosqichini boshlab berayotgan ushbu loyihalar tadbirkorlik sub’ektlari uchun nihoyatda muhim ahamiyatga egadir. Zero, uning qabul qilinishi bilan mamlakatda tadbirkorlik faoliyatini yuritish sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilishi, tabiiy. Negaki, qizg‘in davom etayotgan loyihalar muhokamasi jarayonida tadbirkorlar fikrlarini o‘rgangan holda aniq takliflarni kiritish maqsad qilingan.

Mamlakatning barcha viloyatlarini qamragan videokonferensiya shaklidagi muhokamalarda 700 dan ortiq tadbirkorlik sub’ektlari vakillari qatnashdilar va har ikkala loyiha yuzasidan o‘z fikrlarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, muhokamalarda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi, partiyaning parlamentdagi fraksiya a’zolari, qator tegishli vazirlik va idoralar mas’ul xodimlari, ekspertlar, videokonferensaloqa orqali esa partiyaning barcha hududiy Kengashlari va joylardagi partiya faollari bevosita ishtirok etdi. 

Mamlakat rahbarining farmon va qarorlari loyihalarini umumxalq muhokamasiga qo‘yish bu davlat organlari faoliyatida ochiqlikni ta’minlash, qarorlar qabul qilish jarayoniga manfaatdor aholi qatlamlarini jalb qilishda misli ko‘rilmagan tajriba deb baholandi. Davlatimiz rahbari o‘zlarining bu harakatlari bilan davlat boshqaruvining boshqa organlariga o‘rnak bo‘layotganligi ta’kidlandi. Xususan, tadbirkorlar o‘z faoliyati uchun daxldor bo‘lgan hujjatlarni qabul qilishda bevosita qatnashish, demakki ushbu xujjatlarning qabul qilinishida ishtirok etish, ular yuzasidan o‘z takliflarini bildirish imkoniyati paydo bo‘lganligidan mamnun ekanligini bildirishdi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan mutaxassislar ishtirokchilarni loyihalarning mazmun-mohiyati bilan atroflicha tanishtirdi.

Ta’kidlanganidek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq mamlakatimizda davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish, xususiy mulk huquqlari himoyasini va ustuvor rolini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirishga qaratilgan keng miqyosli institutsional va tarkibiy islohotlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga qator sohalarda muammolarning saqlanib qolayotgani, ular davlatning qulay investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga doir siyosatini samarali amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgani kuzatilmoqda. Tadbir ishtirokchilari tomonidan davlatimiz rahbarining farmoni va qarori loyihalarida bu borada mavjud muammolarni hal qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ko‘zda tutilgani qayd etildi.

Tadbir davomida tadbirkorlar, ekspertlar tomonidan loyihalarni takomillashtirish borasida amaliyotdan kelib chiqqan holda bir qator takliflar ham bilidirildi. Xususan, mamlakatimizda yuritilayotgan tadbirkorlik faoliyati uchun nihoyatda progressiv ahamiyatga ega bo‘lgan bir qator tamoyillar, masalan, “gilotina” tamoyili kiritilganligi nihoyatda yuqori baholanib, shu bilan birga uni qo‘llash mexanizmi to‘liq ochib berilishi maqsadga muvofiqligi aytib o‘tildi. Shuningdek, ushbu tamoyilni amalda qo‘llanilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi vakolatli organni belgilab qo‘yish zarurligi ham aniq belgilanishi maqsadga muvofiqligi aytib o‘tildi. Muhokama ishtirokchilari tomonidan yuqori turuvchi huquqiy hujjatlarga mos kelmaydigan, biznes yuritish sharoitlarini yomonlashtirishi mumkin bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning qabul qilinganidan olti oydan so‘ng ixtiyoriy tarzda o‘z kuchini yo‘qotishi tadbirkorlar orasida juda ko‘tarinkilik bilan qabul qilingan ilg‘or g‘oya ekanligi, lekin uni to‘laqonli qo‘llash bir qator boshqa qonunlarga o‘zgarishlar kiritishni talab qilishi ta’kidlandi. 

Loyihalarda ilgari surilgan g‘oyalarning nihoyatda ilg‘or, milliy qonunchiligimizda ilgari kuzatilmagan zamonaviy yondashuvlarga boyligi uning har bir qismi yuzasidan qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. 

Majlis yakunida loyihalar muhokamasini bevosita xududlarda ham amalga oshirish, ularning yakunlari bo‘yicha tushgan takliflarni umumlashtirib, tegishli ishchi guruhiga yetkazishga kelishib olindi.

O‘zLiDeP matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2402
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Санжар Каримов Кескантерак БПТ2018-05-08 14:09:28

Ўзбекистон Туркия ҳамкорлик мамлакатимизни янада ривожланиши учун хизмат қилади.


Абдурасулов Шухрат Арнасой тумани аппарат рахбари2018-05-04 17:44:43

Мамлакатимиз бугунги кунда Туркиянинг Марказий Осиёда энг асосий шерикларидан бири ҳисобланади. шу боисдан икки мамлакат тадбиркорларига кенг эшиклар очилмоқда.


исаев Сардор2018-05-04 11:56:07

Ушбу ҳамкорлик мамлакатимизни янада ривожланиши учун хизмат қилади.


Қувасой шахар Кенгаши ижрочи котиби Алимова Холидахон2018-05-04 10:04:15

Ўзбекистоннинг халқаро ҳамжамият олдида очиқ конструктив сиёсат юритаётгани нафақат мамлакатимиз ижтимоий-сиёсий, иқтисодий ҳаётида туб бурилиш ясамоқда, балки бутун Марказий Осиёда инвестицион муҳитни яхшиланишида, қўшни давлатлар ўртасида ўзаро манфаатли ҳамкорлик алоқаларини кучайишидан далолатдир тутмоқда.


Муроджон Ядгаров- Риштон туман Кенгаши ижрочи котиби2018-05-04 08:48:44

Ушбу алоқалар мамлакатимизнинг иқтисоди янада юксалишида ўзининг ижобий натижаларини беради. Туризм, савдо-сотиқ, транспорт ва ижтимоий соҳаларга инвестициялар жалб этилиши барқарор ривожланишнинг кафолати бўлади.


Миришкор туман Дўстлик БПТ раиси Маматқулова Гулшод2018-05-03 17:20:29

Юқори даражадаги фаол мулоқатлар икки томонлама ўзаро манфаатли ҳамкорликни янада кенгайтириб, уларни аниқ мазмун билан бойитганлигини такидлаб ўтиш керак


Бекназаров Қутлыбай Нийетбаевич2018-05-03 15:48:23

Давлатларнинг ривожланиш стратегияси яқин қўшничилик, миллатлараро дўстона муносабат, иқтисодий ҳамкорлик ва ислоҳотларнинг босқичма-босқич ҳаётга тадбиқ этилишидир. Ўзбекистоннинг бугинги ривожланиш стратегиясини юқорида айтилган босқичларда кўришимиз мумкин. Бизнинг Президентимиз биринчи навбатда географик қўшни давлатлар билан ўзора-аро мустаҳкам алоқаларни йўлга қуйди, миллатлар-аро дўстона муносабатларни яратиб берди ва давлатнинг иқтисодий барқарорлигини оширишда бошқа мамлакатлар билан иқтисодий ҳамкорлик алоқаларни яратмоқда. Ўзбекистон-Туркия давлатлари ўз-ора ишончли ҳамкор ҳисобланади. Икки давлат ўртасидаги савдо-иқтисодий, маданий-гуманитар, ижтимоий, таълим йўналиши, тиббиёт соҳаларини ва туризмни ривожлантиришга қаратилган ҳамкорликлар яқин келажакда икки давлат учун стратегик самараларни беради. Туркия давлати ишбилармонлари билан Ўзбекистонлик тадбиркорлар ўртасида текстил йўналишида ишлаб чиқаришни қувватини кучайтиришда, соғлиқни сақлаш йўналишида ҳусусий тиббиёт муассасалари кадрлар тайёрлашдаги ҳамкорликни ва таълим тарбия йўналишларида янги педагогик технологияларни жорий этишда ҳамкорликни мустаҳкамлаш зарур. Шунингдек, икки давлат ўртасидаги туризм сектори бўйича лойиҳаларни амалга оширишда зиёрат туризмни ривожлантириш мақсадга мувофиқ деб уйлайман, бунга муҳит ҳам имконият ҳам яратилган.


Olimjon Movlanov Abdiraupovich - O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi Siyosiy Ta‘lim Markazi rahbari2018-05-03 12:38:53

Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi har ikki davlatning milliy manfaatlari mushtarakligi bilan ahamiyatga molikdir. Biz UzLiDeP hodimlari Xarakatlar strategiyasining 5 ustuvor yo‘nalishi va elektoratimiz vakillarining manfaatlari va mamlakatimiz iqtisodining gullab- yashnashi nuqtai nazaridan kelib chiqib Prezidentimiz tashabbusi bilan tashqi siyosat sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni qo‘llab-quvvatlaydi!


“Финсервис” МЧЖ БПТ2018-05-03 11:33:16

Жаҳоннинг йирик матбуотчилари томонидан эътироф этилаётган Ўзбекистон ва Туркия муносабатларини ҳар куни эътироф этсак ҳам кам. Сабаби кўп йиллик меҳнат, келишув ва дўстона муносабатлар кундан-кунга ривожланиб бормоқда.


O’zLiDeP Музработ туман Кенгаши "Бодомзор" МФЙ БПТ раиси Хурсандов Равшан 2018-05-03 11:01:03

Президентимиз Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан Туркия Республикаси Президенти Режеп Таййип Эрдўғон давлат ташрифи билан мамлакатимизда бўлиб турибди. Ўзбекистон ва Туркия ўртасидаги ҳар томонлама ҳамкорлик ҳар икки давлатга ҳам фойда келтиради. Замонавий ишлаб чиқаришни йўлга қўйишимизда туркия технологиялари олиб келиш, фуқароларга янги иш ўринлари яратилиб халқимизга яхши самара беради.


Fikringizni qoldiring

+