Ishchi guruh faoliyati: Chilonzorda “Yaxshidan bog‘ qolar” aksiyasi bo‘lib o‘tdi

15.04.2022, 13:25

Ishchi guruh faoliyati: Chilonzorda “Yaxshidan bog‘ qolar” aksiyasi bo‘lib o‘tdi

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, havo ifloslanishi keltirib chiqarayotgan xastaliklar tufayli har yili dunyoda 7 mln.dan ziyod odam vafot etyapti. Mamlakatimiz uchun ham atrof-muhit musaffoligini saqlash g‘oyat muhim masala. Tabiatni asrash, daraxtzorlarni ko‘paytirish faqat ayrim tashkilotlar emas, balki  barchaning yumushiga aylanayotgani quvonarli.

Kecha poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi “Beshchinor” mahallasi hududida partiyamiz vakillari 80 dan ziyod mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazdilar.  

Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasini joriy yilda amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturining oltinchi ustuvor yo‘nalishidan  Toshkent shahrini aholiga qulay, ekologik toza va yashash uchun barcha imkoniyatlar mavjud bo‘lgan hududga aylantirish, ko‘kalamzorlashtirish darajasini shu yili 15 foizga yetkazish maqsadi ham o‘rin olgan. Mazkur ustuvor yo‘nalishda belgilangan vazifalar amalga oshirilishiga ko‘maklashish bo‘yicha O‘zLiDeP deputatlari, faollaridan iborat ishchi guruhi yuqorida bayon etilgan xayrli ishga bosh-qosh bo‘ldilar.

“Yaxshidan bog‘ qolar” aksiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazilishida boshqalar qatorida Chilonzor tuman kengashiga partiyamizdan saylangan deputat, ishchi guruh a’zosi Sherzod Ishnazarovning ham tashkilotchilik qobiliyati, saxovatpesha insonligi yaqqol ko‘zga tashlandi. Ishchi guruh boshqa hududlarda ham “yashil” maskanlarni ko‘paytirish borasida targ‘ibot ishlari va ko‘chat ekish aksiyalarini tizimli ravishda amalga oshiryapti.

  • Ko'rildi
    341
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+