O’zLiDeP faollari poytaxt ko‘chalarida ko‘chat ekish aksiyasida o‘z hissalarini qo‘shmoqda

19.04.2022, 16:09

O’zLiDeP faollari poytaxt ko‘chalarida ko‘chat ekish aksiyasida o‘z hissalarini qo‘shmoqda

Bugun mehnatsevar el obodlik, bunyodkorlik, yaratuvchanlik, bir so‘z bilan aytganda, Vatanga muhabbatning eng oliy ko‘rinishini yerga bir tup nihol qadash, yashil maskanlar bunyod etishga kichik bo‘lsa-da hissa qo‘shish orqali ko‘rsatmoqda.

Masalan, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ko‘chat ekish, bog‘ yaratish kabi tadbirlar ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi.

Poytaxtimizning Sergeli tumanida tashkil etilgan “Yashil makon” xayrli loyihasida yosh olimlar, sportchilar, zakovatchilar, nogironligi bor shaxslar, bilan bir qatorda “Yoshlar qanoti” faollari ham o‘z hissalarini qo‘shishdi.

Loyiha doirasida O’zLiDeP faollari 50 dan ortiq Pavloniya ko‘chatlarini ekishdi.

Ushbu ko‘chat ekish aksiyasi O’zLiDeP Shayxontohur tuman Kengashi faollari va partiya deputatlarini ham befarq qoldirmadi. Jumladan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Shoxida Ikramova tashabbusi bilan tumandagi 157-umumta’lim maktabi bog‘ida turli xildagi daraxt ko‘chatlari o‘tkazildi.

Poytaxtimizning boshqa tumanlarida ham bu yo‘nalishdagi ishlar qizg‘in tus olyapti.

  • Ko'rildi
    603
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+