O‘zLiDeP: tanqidiy-tahlil faoliyatimiz mezoni

09.08.2017, 18:29

O‘zLiDeP: tanqidiy-tahlil faoliyatimiz mezoni

2017-yilning 8-avgust kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 12- iyuldagi Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan videoselektor yig‘ilishi yakunlari har tomonlama ko‘rib chiqildi, siyosiy partiyalar oldiga qo‘yilgan vazifalarning so‘zsiz ijrosini ta’minlash bo‘yicha O‘zLiDePning ustuvor vazifalari belgilab olindi.

Majlis ishtirokchilari asosiy e’tiborini partiya faoliyatini tanqidiy va chuqur tahlil qilish asosida O‘zLiDeP faoliyatini tubdan yangi bosqichga ko‘tarish, keng miqyosli islohotlarning oddiy ishtirokchisi va ko‘makchisidan ularning tashabbuskoriga, yangilanishlarning asosiy ijrochisiga aylanish masalalariga qaratishdi.

Shuningdek, tadbirda partiya faoliyatida mavjud muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksi ko‘rib chiqildi. Birinchi navbatda, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda faol va samarali ishtirok etish lozimligi alohida qayd etildi. Zero, ushbu strategik muhim hujjatni ro‘yobga chiqarish saylovoldi kampaniyasi davomida O‘zLiDeP tomonidan ko‘tarilgan dolzarb muammolarning amalda bartaraf etilishiga xizmat qiladi.

Majlisda O‘zLiDeP o‘z dasturiy maqsad va vazifalarini, mafkuraviy sohadagi ishlarini qayta ko‘rib chiqib, ularga zarur o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishi, bunda jahon tajribasini o‘rganishi prinsipial jihatdan muhim ekani alohida ta’kidlandi. O‘zLiDePning hududiy kengashlari partiya elektoratini o‘ylantirayotgan dolzarb muammolarni aniqlash va ularning amaliy yechimlarini izlash bo‘yicha ishlari qoniqarsizligi ko‘rsatib o‘tildi. Bunday kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf qilishga qaratilgan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. 

Shuningdek, majlisda O‘zLiDeP deputatlik korpusi, ayniqsa Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi faoliyatini yanada kuchaytirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Partiya elektoratining tub manfaatlariga daxldor sohalar uchun mas’ul bo‘lgan vazirlik va idoralar faoliyati ustidan samarali parlament va deputatlik nazoratini amalga oshirish lozimligi ta’kidlandi.

Shuhrat Sharafutdinov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi:

– Ishchanlik ruhida o‘tgan yig‘ilishda davlatimiz rahbarining tanqidiy-tahliliy ma’ruzasidan kelib chiqib, oldimizda turgan ustuvor vazifalarni belgilab oldik. Yo‘l qo‘ygan kamchiliklarimizni aniqlab oldik.

Xo‘sh, bu borada biz deputatlarning endigi vazifasi nimadan iborat bo‘lishi kerak? Hech mubolag‘asiz aytishim mumkinki, oldimizda turgan eng muhim ustuvor vazifalardan biri qonun loyihalarini parlamentda muhokama etish va qabul qilishda partiyaviy yondashuv va fraksiyamizning qat’iy pozitsiyasini tizimli ravishda ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yishimiz lozim.

Qonunlarni qabul qilishda odamlarning munosabatini ularning ichida turib, ular bilan birga yurib o‘rganish, qonunlarimiz to‘laqonli bo‘lishini va kutilgan samarani berish maqsadida muhokamalarni mahalliy Kengash deputatlari bilan birgalikda eng chekka qishloqlarda tashkil etish mexanizmini yo‘lga qo‘yishimiz darkor. Ana shunda Prezidentimiz ta’kidlaganidek, qonunlar mukammal hayotiy kuchga ega bo‘ladi.

Yaqinda parlamentda muhokama qilinayotgan qonun loyihalarini keng aholi orasiga muhokama qilish, ulardan ko‘plab aniq taklif va fikr-mulohazalar olish maqsadida partiyaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida “O‘zLiDeP muhokamaga chorlaydi” guruhida onlayn muloqot yo‘lga qo‘yilgani juda yaxshi samara berayapti. Fuqarolar biz bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga kirishishi imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bu ham bugungi kunning, davlatimiz rahbarining biz deputatlar oldida qo‘yayotgan dolzarb vazifalaridan biri sanaladi.

Alisher Abdullayev, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi a’zosi:

– Bugungi yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masala nihoyatda dolzarb. Haqiqatdan ham hozirgi kunda faolligimiz susayib, o‘tkazayotgan tadbirlar elektoratimiz vakillarini zeriktirib qo‘yayotganligi va samaradorligi tushib ketganligini tan olishimiz kerak. Shu bois, partiya tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlarning sifat va samaradorligini oshirish birinchi galdagi vazifamizdir. Bugungi yig‘ilishdan kelib chiqib muhim vazifalarni belgilab oldik. Ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatdagi barcha tuman va shaharlarni hududlarga taqsimlagan holda tadbirkorlar manzillari ro‘yxatini shakllantirish, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda har bir tadbirkor bilan uchrashish va muammosini partiyaviy mexanizmlar orqali yechishga e’tibor qaratamiz. Har oyda ikki kun partiya apparatlaridagi barcha yo‘nalishlarda ishlaydigan xodimlarlarning bilim va malakasini oshirish maqsadida amaliy mashg‘ulotlar olib boradigan “O‘quv markazlari” muntazam faoliyat ko‘rsatishini amalga oshiramiz. 

Shuningdek, Siyosiy Kengash yig‘ilishida partiyaning yoshlar, ayniqsa uyushmagan yoshlar bilan ishlash, kadrlar zaxirasini shakllantirish bo‘yicha faoliyatini takomillashtirishga doir dolzarb masalalar ham atroflicha muhokama qilindi. Bu borada partiyaning Yoshlar bo‘limi faoliyatini yanada kuchaytirish bo‘yicha aniq takliflar bildirildi.

Siyosiy Kengash yig‘ilishida tashkiliy masala ham ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

O‘zLiDeP Matbuot xizmati

FOTOLAVHALAR

O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2127
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Жиззах вилояти Автомобил йўллари бошқармаси БПТ раиси Исроилова Рисолат2018-05-08 17:12:01

Бизнинг мамлакат жаннатмакон жойдир. Бу юртга келишни орзу қиладиганлар жуда кўплаб топилади. Шунинг учун Президентимиз айтганларидек туризмни янада ривожлантиришимиз керак деб ўйлайман


Турдибоева Мафтуна Ғаллаорол туман Кенгаши ЎзЛиДеП аъзоси 2018-05-08 17:04:22

Туристик Жойларни ривожлантириш ҳар бир ташкилот рахбарларнинг асосий бурчи хисобланиш керак.


Санжар Каримов2018-05-08 13:55:36

Айни вақтда Туркияда ўзбек ёшлари делегацияси ташрифи давом этмоқда. ушбу ташрифдан юқори натижалар кутиб қоламиз.


А.Бабажанова-Конликул тумани аппарат рахбари2018-05-08 09:49:15

Президентимиз томанидан қушни давлатлар билан дўстлик алоҳаларни йўлга қуйилгани мамлакатимизда туризмни ривожлантириш бўйича янги гояларни илгари сурмоқда. Бизнинг туманимизда ҳам УзЛиДеП депутатлари ҳамда фаоллари ташаббуси билан янги меҳмонхона барпо этилмоқда. Ушбу меҳмонхона композициясига қорақалпоқ «қора уй»лари, арава билан янгиша безак берилганлиги билан ҳайратлантиради. «Буюк ипак йўли»дан ўтган карвонларни эслатувчи туянинг мехмонхона қошида боқилиши эса композицияни янада жонлантиради. Жаннатмакон юртимизда тарихий обидалар, зиёратгохлар жуда куп. Кушни давлатлар билан ҳамкорликлар Ватанимизни иқтисодий ривожланишига, боболаримизнинг қолдирган бой меросларини жахонга танитишга ҳисса қушади.


Қашқадарё вилояти Кенгаши аппарат раҳбари - А.Шеров2018-05-07 19:33:32

Туризмни самарали ривожлантириш иқтисодиётнинг муҳим бир босқичга кўтариб, мамлакатимиз салоҳиятини юксалтиради.


Абдубанноб Маҳкамов2018-05-07 12:44:09

Марғилон асл ҳунармандлар шаҳри. Аждодларимиздан мерос тўқимачилик услублари ҳудди шу заминда асл ҳолича сақланиб қолган. Шаҳарнинг бой тарихи, маданияти, меъморий ёдгорликлари ҳамда ноёб анъаналарини бутун жаҳонга танитишда давом этмоқдалар. Миллийлик ва замонавийликнинг ўзаро мутаносиб уйғунлиги асосида ажабтовур гўзаллик яратилаяпди.


Р.Анқаев O'zLiDeP Зарбдор туман Кенгаши депутатлик гурухи рахбари2018-05-04 18:13:18

Ўзбекистон Туркия давлатларининг икки томонлама ҳамкорлик муносабатлари икки давлат учун бирдек кенг имкониятлар эшигини очиб берди. Бизга маълумки Туркия туризм соҳасида жаҳонда етакчи ўринларда туради. Ўзбекистон ҳамда Туркия ўртасида имзоланган хужжатлар икки давлатнинг туризм тажрибасини алмашишига ишонаман.


бобоев Рўзимурод Арнасой тумани Ободонлаштириш БПТ раиси2018-05-04 17:57:16

Призидентимиз туризм сохасида жуда катта олам шумул янгиликлар ва қарорлар қабул қилди,Шу боис юртимизга кундан кунга туристлар,зиёратчилар сони ортиб бормоқда.


Арслонбек Усманов Жиззах вилояти 2018-05-04 15:30:53

Туризмни ривожлантириш бугунги кундаги энг фойдали сохалардан бири хисобланади. Туристларнинг Ўзбекистонга келиши маблағ олиб келишидан ташқари бизнинг буюк тарихимиздан хам хабардор бўлади, бизнинг ота боболаримиз нималарга қодир бўлганлигини гувохи бўлади. Бу сохани ривожлантириш учун юртимизда кўплаб ишлар олиб борилмоқда.


Қудратжон Хожиматов Риштон туман Кенгаши аппарат раҳбари, туман депутати2018-05-04 13:35:15

ЎзЛиДеПдан сайланган Риштон туман кенгаш депутатлари Ўзбекистон ва Туркия Президентлари ўртасида кечган музокаралар ва улар асосида қабул қилинган ҳужжатларни ҳаётга самарали татбиқ этиш ва юртимизни бутун жаҳонга танитишга ҳамда дунё давлатлари сайёҳлари учун Ўзбекистоннни энг севимли туристик йўналишлардан бирига айланишига муносиб ҳисса қўшамиз.


Fikringizni qoldiring

+