Ma’naviy-ma’rifiy masalalarning taraqqiyotdagi o‘rni talaba yoshlar ishtirokida muhokama qilindi

27.04.2022, 13:43

Ma’naviy-ma’rifiy masalalarning taraqqiyotdagi o‘rni talaba yoshlar ishtirokida muhokama qilindi

O‘zLiDeP ishchi guruhining Buxoro davlat universitetida o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishida mahalliy Kengashi deputatlari, partiya faollari,  ushbu oliy o‘quv yurti professor-o‘qituvchilari va talaba yoshlari ishtirok etdi. “Ma’naviy-ma’rifiy masalalarning taraqqiyotdagi o‘rni” mavzusida tashkil qilingan davra suhbatida ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, ushbu sohani tubdan isloh etish  va yangi bosqichga olib chiqish  sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Tadbir ishtirokchilariga Taraqqiyot strategiyasining ma’naviy rivojlanish masalalariga oid 5 - ustuvor yo‘nalishidan o‘rin olgan asosiy maqsad va vazifalar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

Ushbu strategiya asosida ma’naviyat sohasidagi hayotbaxsh islohotlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishni yanada samarali va tizimli tashkil etishga joylarda alohida e’tibor berilishi zarurligi tilga olib o‘tildi. “Yangi O’zbekistonning Ma’naviy taraqqiyot strategiyasi” ni hamda uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ni ishlab chiqish va hayotga joriy etilishini ta’minlash kelgusidagi muhim vazifalardan biridir.

Yuksak ma’naviyat tamoyillariga asoslangan fuqarolarning sog‘lom dunyoqarashi va zamonaviy tafakkurini “Harakatlar strategiyasidan – taraqqiyot strategiyasi sari” g‘oyasi asosida shakllantirishni umummilliy harakatga aylantirish, “O’zbekiston Respublikasi ma’naviyat sohasidagi davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi  qonunini ishlab chiqish ham dolzarb vazifalardan biridir.

Davra suhbatida davomida mamlakatimizda joriy yilning may oyida o‘tkaziladigan “Mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari saylovi” masalasi ham tinglovchilar diqqat-e’tiborida bo‘ldi.

  • Ko'rildi
    538
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+