Deputatlar mahalladagi muammolarni hokim yordamchilari bilan hamkorlikda hal qilyapti

05.05.2022, 12:25

Deputatlar mahalladagi muammolarni hokim yordamchilari bilan hamkorlikda hal qilyapti

O'zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi Guliston tumanidagi mahalladagi hokim yordamchilari bilan tadbir o‘tkazdi.

Hokim yordamchilari mahalladagi ishsiz aholini ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, o‘ziga biriktirilgan mahallani rivojlantirish, shuningdek, “temir”, “ayollar” va “yoshlar” daftarlari doirasida o‘rganishlar o‘tkazib, ijtimoiy reyestrni qaytadan shakllantirishayapti.

Guliston tumanidagi 25 ta mahalladagi hokim yordamchilarining 12 nafari O`zLiDeP a’zolari. Ular hududlaridagi partiyaning tuman kengashi deputatlari bilan hamkorlikda muammolarni deputatlik so‘rovi tarzida sessiyalarga qo‘yish, muammolarning yechimini tez va sifatli hal qilishiga harakat qilishayapti. Ular orasida faol ish olib borayotganlar mahallaning, shu barobarda partiyaning ham nufuzini oshirayapti.

Yig‘ilishda O`zLiDeP viloyat Kengashi apparat rahbari Sh.Bozorboyeva ishtirok etdi va eng faol mahalla hokim yordamchilariga partiyaning sovg‘asini topshirdi.

O`zLiDeP Sirdaryo viloyati kengashi

 matbuot xizmati

 

  • Ko'rildi
    581
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+