Deputat tashabbusi bilan qurib berilgan issiqxonadan xonadon egalari daromad ko‘rmoqda

06.05.2022, 15:24

Deputat tashabbusi bilan qurib berilgan issiqxonadan xonadon egalari daromad ko‘rmoqda

Xalq deputatlari Vobkent tuman  Kengashi deputati Shamsiya Saidova "Bir deputat- yuz ayolga ko‘makchi" loyihasi doirasida tumanidagi “Xalach ” MFY da bo‘lib bir qator xonadonlarda tashkil etilgan issiqxonalarni ko‘zdan kechirdi.

Jumladan, MFYdagi "Choyxona" qishlog‘ida istiqomat qiluvchi «Ayollar daftari» ro‘yxatida turgan Matlab Rajabova xonadonida bo‘ldi. Deputat va MFY faollari sa’y-harakati bilan ehtiyojmand oilaga o‘z daromadlarini oshirish uchun bundan bir yil avval issiqxona qurib berilgan edi. Bu imkoniyatdan unumli foydalangan oila a’zolari yetishtirilgan mahsulotdan yiliga 10 – 15 mln so‘m qo‘shimcha daromad topib, turmush farovonligi yildan-yilga oshmoqda.

Deputat Sh.Saidova shu qishloqda yashayotgan Madiyor Gadoyev xonadoni ham issiqxonadan yaxshi daromad topib, oilasida to‘kinligi ta’minlanayotganligining guvohi bo‘ldi.

O’rganish davomida deputat o‘nlab xonadonlar aholisi bilan suhbatlar olib bordi, issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish uchun tegishli tavsiya va maslahatlar berdi.

Teglar
Tomorqa
  • Ko'rildi
    273
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+