Deputatlar urush va mehnat faxriylariga ehtirom ko‘rsatishdi

07.05.2022, 14:56

Deputatlar urush va mehnat faxriylariga ehtirom ko‘rsatishdi

9 may – Xotira va Qadrlash kuni arafasida mamlakatimiz bo‘ylab urush qatnashchilari va front orti mehnat faxriylari holidan xabar olinib, yurt tinchligi va ozodligi yo‘lida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasi yod etilmoqda.

Ayni shu maqsadda Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlari Olimxon Babaxanov va G’iyosiddin Babaxanovlar tashabbusi bilan Namangan shahridagi Madaniy, Sharshara, Gulpora, Sohibkor, Oydinko‘l, Chinor va Sharq tongi mahallalarida istiqomat qilayotgan front orti mehnat faxriylari va baynalmilalchi jangchilar xonadonlariga tashrif buyurib, ularga sovg‘a-salomlar topshirildi.

Bu kabi ezgu maqsadlarga yo‘g‘rilgan bayram tadbirlari davom etmoqda.

Teglar
Deputatlar
  • Ko'rildi
    365
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+