Xotira boqiy, qadr- muqaddas

10.05.2022, 16:21

Xotira boqiy, qadr- muqaddas

9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zLiDeP Toshkent shahar va barcha tuman partiya tashkilotlari, deputatlar, partiya faollari Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front ortida mehnat qilgan faxriylar holidan xabar olib, bayram bilan tabriklashdi.

Partiya faollari va deputatlar keksa nuroniylar bilan dildan suhbatlashar ekan, bugungi shunday dorilomon kunlarga yetkazganiga, tinch-totuv yashab kelayotganiga, xalqimizning ertangi porloq kelajagi haqida iliq fikrlar bildirishdi, duolar qilishdi.

Har bir tashrif davomida nuroniylarga partiyaning esdalik sovg‘alarini ulashdilar.

O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    430
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+