Deputatlar mahalla raislari saylovini adolatli o‘tkazishda nazorat o‘rnatdi

18.05.2022, 14:56

Deputatlar mahalla raislari saylovini adolatli o‘tkazishda nazorat o‘rnatdi

Oxirgi olti yil ichida Mahalla institutiga katta e’tibor berildi. Bu borada ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rishimiz mumkin. Mahalla-jamiyatning tashabbuskor tashkilotiga aylanib bormoqda. O’zingizga ma’lum, joriy yilning 16 mart kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Fuqarolar yig‘inlari raislarining vakolat muddati tugashi munosabati bilan Senat Kengashi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 105-moddasi hamda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi va “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi qonunlarning tegishli moddalariga muvofiq fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari)ning navbatdagi saylovini shu yilning may oyida o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Saylovni tashkil etish hamda o‘tkazishda fuqarolar yig‘inlariga har tomonlama ko‘maklashish, saylovni o‘tkazishda jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash, saylov o‘tkaziladigan joylarda tibbiy xizmat ko‘rsatilishini samarali tashkil etish, sanitariya-gigiyena talablari va karantin qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish, shuningdek, saylov jarayonini keng yoritish bo‘yicha alohida vazifalar belgilab olindi.

Bu galgi saylovlar mamlakatimiz rivojlanishining butunlay yangi bosqichida, jumladan, mahalla instituti faoliyatining samaradorligini oshirish, uni jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch bo‘g‘iniga aylantirish Yangi O’zbekiston Taraqqiyot strategiyasining ustuvor yo‘nalishi etib belgilangan tarixiy pallada bo‘lib o‘tayotganligini alohida ta’kidlash mumkin. Fuqarolar yig‘inlari saylovini yuksak saviyada, muqobillik, oshkoralik va qonuniylik tamoyillariga qat’iy rioya etgan holda, ayniqsa, bu muhim siyosiy jarayonning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish bo‘yicha amaliy ishlar qilindi.

Joriy yilning may oyida o‘tayotgan Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari saylovni tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruh a’zosi va kuzatuvchi sifatida ishtirok etmoqdalar. O’zLiDePdan saylangan deputatlarimiz ushbu jarayonlarda faol qatnashib saylovni tashkil qilish va adolatli o‘tkazishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashda o‘zlarini hissalarini qo‘shmoqdalar.

Ulug‘bek Ishanxodjayev,

O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    494
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+