Andijonlik partiya faollar Konstitutsiyani takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirdi
30.05.2022, 16:16
O’zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi hamda O‘zLiDeP viloyat Kengashi hamkorligida tashkil etilgan davra suhbatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari, Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi ijtimoiy sheriklik bo‘yicha Jamoat komissiyasi a’zolari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, siyosiy partiyalarning viloyat kengashlari, NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi a’zosi Toxirjon Ahmadaliyevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritishda NNTlarning ishtiroki haqidagi ma’ruzasi tinglandi.
Shuningdek, davra suhbatida so‘z olganlar Yangi O’zbekiston sharoitida asosiy qonunga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarning muhim jihatlari haqida ham alohida to‘xtalib o‘tdi.
– Qonunchilik, jamiyatdagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq jarayonlarda keng jamoatchilikning ishtiroki muhim mezonlaridan biri hisoblanadi, – deydi Qonunchilik palatasi deputati Umidaxon Zokirova. – Shu ma’noda davra suhbatini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish yuzasidan bildirilayotgan takliflarni muhokama qilish, keng jamoatchilikning fikrini o‘rganishdan iborat.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari U.Zokirova, O.Otaxonova hamda NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.
O'xshash yangiliklar
-
Karmanalik ishbilarmon xotin-qizlar saralanyapti
03.05.2024, 16:17
-
Yoshlar o‘zaro bellashdilar
03.05.2024, 14:16
-
Xalqaro investisiya forumi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi, yanada yuksak bosqichga olib chiqadi
03.05.2024, 09:34
-
Xalqaro investitsiya forumi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi bosqichga olib chiqadi
02.05.2024, 16:34
-
Navoiylik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
02.05.2024, 16:27
Fikringizni qoldiring