O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashida tashkiliy masala ko‘rildi
10.06.2022, 20:05
O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashining navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda partiya viloyat, tuman (shahar) kengashlari tomonidan joriy yilning besh oyi davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilandi.
Qayd etilganidek, Xalq deputatlari Samarqand viloyat, tuman, shahar kengashlaridagi O’zLiDeP deputatlik guruhlari a’zolari tomonidan 2022 yil yanvar-may oylari davomida 810 ta deputatlik so‘rovi tegishli tashkilotlarga yuborildi. 95 marotaba mansabdor shaxslar (organlar) hisobotlari eshitilgan. Shuningdek, Xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashlari sessiyalari kun tartibiga 45 ta taklif kiritilib, Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlarining 35 ta qarori qabul qilinishiga erishildi.
Hisobot davrida partiya targ‘ibot guruhlari tomonidan 1213 tadbir tashkil etilgan. Ularda 36003 nafar tadbirkor, fermer, ziyolilar, MFY raislari, yoshlar yetakchilari va hokim yordamchilari qamrab olingan.
Yig‘ilishda tadbirkorlar, ayollar va yoshlarni tashvishlantirayotgan 1500 ta muammo ko‘rib chiqilib, ijobiy natijalarga erishilgani ham ta’kidlandi.
Ma’lumki, mamlakatimizda konstitutsiyaviy islohotlar boshlandi. Mazkur muhim jarayonda faol ishtirok etish uchun O’zLiDeP viloyat, tuman va shahar Kengashlarida har biri 15 a’zodan iborat targ‘ibot guruhlari shakllantirildi. Shu kungacha targ‘ibot guruhlari tomonidan turli tashkilot, muassasa va xo‘jaliklarda 100 ga yaqin tadbir o‘tkazilgan bo‘lib, ularda jami 10 mingga yaqin fuqaro ishtirok etdi. Tadbir ishtirokchilari tomonidan 100 dan ziyod asosli taklif bildirildi. Ular jamlanib, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni umumlashtirish va Konstitutsiyaviy komissiyaga taqdim etish bo‘yicha O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi qoshidagi ishchi guruhga taqdim etildi.
Konstruktiv ruhda o‘tgan yig‘ilishda partiya boshlang‘ich tashkilotlari, partiya deputatlari faoliyati tahlil qilinib, ish samaradorligini oshirish yuzasidan tavsiyalar, ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rib chiqildi. O‘zLiDeP Samarqand viloyati kengashi raisi vazifasiga kengash a’zolari tomonidan Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Karimov Zafar Nurulloyevich bir ovozdan saylandi.
Majlis nihoyasida O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashining navbatdagi vazifalari bo‘yicha qaror qabul qilindi.
Yig‘ilishda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Baxtiyor Yakubov ham ishtirok etdi.
O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Karmanalik ishbilarmon xotin-qizlar saralanyapti
03.05.2024, 16:17
-
Yoshlar o‘zaro bellashdilar
03.05.2024, 14:16
-
Xalqaro investisiya forumi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi, yanada yuksak bosqichga olib chiqadi
03.05.2024, 09:34
-
Xalqaro investitsiya forumi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi bosqichga olib chiqadi
02.05.2024, 16:34
-
Navoiylik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
02.05.2024, 16:27
Fikringizni qoldiring