Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda jamoat tashkilotlarning o‘rni va roli
15.06.2022, 13:26
O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tomonidan tuzilgan ishchi guruh a’zolari Qo‘rg‘ontepa tumanidagi 9228-harbiy qismdagi xizmatga chaqiriluvchilar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvni partiya tuman kengashi qoshidagi faxriylar kengashi raisi O.Xamidov kirish so‘zi bilan ochdi. Strategiyada mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish bo‘yicha belgilab berilgan yettinchi ustuvor yo‘nalish, 12 ta maqsadni o‘z ichiga olgan va davlatning mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash, Qurolli Kuchlarning jangovar shayligini, imkoniyatlari va salohiyatini kuchaytirish masalasi ilgari surganligi alohida ta’kidlab o‘tildi.
Shu bilan birga, taraqqiyot strategiyasining aynan ushbu yo‘nalishga qaratilgan maqsadlari va bu borada amalga oshiriladigan amaliy tadbirlar, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda faol ishtirok etishni ta’minlash, harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlarning ijtimoiy muammolarini hal etish, ularni ish bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratish, Qurolli Kuchlar barcha davlat idoralari, muassasa va korxonalar uchun yetuk kadrlar tayyorlaydigan maktabiga aylanishiga erishish, mamlakat harbiy xavfsizligini ta’minlash va mudofaa salohiyatini mustahkamlash borasidagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish borasida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Tadbir so‘nggida ishtirokchilar taraqqiyot strategiyasining mamlakat mudofaa salohiyatini takomillashtirishga qaratilgan bandlariga o‘zlarining taklif va mulohazalarini bildirishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga asosli javoblar olishdi.
O'xshash yangiliklar
-
Buxoro tumani mahallalarida “Ishbilarmon ayol-2024” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichlari davom etmoqda
06.05.2024, 13:41
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
-
O‘zaro manfaatli va ishonchli hamkorlik yangi marralarga chorlaydi
04.05.2024, 20:04
-
Ohangarondagi ishbilarmon ayollar faoliyati qo‘llab-quvvatlandi
04.05.2024, 20:01
Fikringizni qoldiring