Konstitutsiyaviy islohotlar jarayoni yuzasidan aholi vakillari orasida targ‘ibot tadbirlari tashkil qilinyapti
27.06.2022, 16:47
O`zLiDeP Asaka Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi tomonidan tumandagi “Qoraqiy” MFY da mahalladagi tadbirkor, tashabbuskor va faol ayollar ishtirokida “Xotin-qizlar - Konstitutsiyaviy islohotlar tashabbuskori” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Ushbu tadbir konstitutsiyaviy islohotlar, konstitutsiyani takomillashtirish zaruriyatini keng jamoatchilik qatlamlariga yetkazish hamda mahalladagi ilg‘or fikrli xotin-qizlar, faol ayollardan takliflar olish maqsadida tashkil qilindi. Tadbir jarayonida Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputat yordamchisi Umidaxon Nazarova bosh qomusimiz xususida yig‘ilganlarga atroflicha ma’lumot berib o‘tdilar.
Davra suhbati yakunida faol ayollar yurtimizda bo‘layotgan islohotlar to‘g‘risida taklif va fikrlarini bildirishdi.
O'xshash yangiliklar
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
-
O‘zaro manfaatli va ishonchli hamkorlik yangi marralarga chorlaydi
04.05.2024, 20:04
-
Ohangarondagi ishbilarmon ayollar faoliyati qo‘llab-quvvatlandi
04.05.2024, 20:01
-
Jondorlik deputatlar va mahalla faollari bilan muloqot qilindi
04.05.2024, 18:01
Fikringizni qoldiring