Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasida

28.06.2022, 14:32

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasida

Namangan viloyati hokimligida ushbu masalaga bag‘ishlangan targ‘ibot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy Majlis Konunchilik palatasi deputati Zafar Xudayberdiyev, viloyat hokimligi xodimlari, OAV vakillari ishtirok etdilar.

Yig‘ilishni tashkiliy-nazorat guruhi rahbari Bahodir Boboxanov olib bordi.

Yig‘ilishda mamlakatimiz Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar, tayyorlangan Konstitutsiyaviy qonunning mazmun-mohiyati haqida fikr almashilindi.

Namangan viloyati hokimligining yuridik xizmati rahbari Alisher Dadaxanov, viloyat hokimining matbuot kotibi - Axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Farhod Mamadaliyev, viloyat hokimining maslahatchisi Iroda Qo‘chqarova, viloyat hokimining yordamchisi Ayubxon Babamirzayev, Xalq deputatlari viloyat kengashi kotibiyati mudiri Ravshanbek Abdullayevlar ham o‘z fikrlarini bildirishdi.

  • Ko'rildi
    281
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+