Bosh qomusimizda o‘lim jazosini bekor qilish belgilanmoqda

29.06.2022, 17:48

Bosh qomusimizda o‘lim jazosini bekor qilish belgilanmoqda

Konstitutsiyamizning 24-moddasida yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqi va inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyat ekanligi belgilab qo‘yilgan. Ayni shu moddaga kiritilayotgan o‘zgartirishda esa yashash huquqi insonning ajralmas huquqi bo‘lib, u qonun bilan muhofaza qilinishi aytilmoqda. Shu bilan birga, O’zbekiston Respublikasida o‘lim jazosi bekor qilinishi ham qayd etilmoqda. Mazkur tartib insonlarga berilmish bebaho ne’matni asrashdek insoniylik tamoyillarga tayanadi.

Jarqo‘rg‘on tumanidagi markaziy poliklinikada bo‘lib o‘tgan navbatdagi tadbirda bugun Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgartirishlarning fuqarolar uchun qanday ahamiyatga ega ekanligi batafsil tushuntirib o‘tildi. Unda Qonunchilik palatasi deputati Faxriddin Samadov, O’zLiDeP viloyat Kengashi deputati Gulbahor Tangirova, tuman hokimi o‘rinbosari A.Radjapovlar ishtirok etishdi. 

Bir yo‘la ishtirokchilarga Konstitutsiyaviy qonun loyihasi 5 iyulgacha xalq muhokamasiga qo‘yilganligi va ushbu sanagacha har bir fuqaro o‘zi munosabatini bildirishi mumkinligi tushuntirildi.

O’zLiDeP Surxondaryo vilyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    718
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+