Konstitutsiya – huquq va erkinliklar kafolati
04.07.2022, 14:36
O‘zLiDeP Nurobod tuman Kengashi tashabbusi bilan "Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi" davlat muassasasi Nurobod hududiy boshqarmasi qoshidagi partiya boshlang‘ich tashkilotida tuman hokimligi, tuman ichki ishlar bulimi, Nuroniy va Mahalla jamg‘armalari bilan hamkorlikda tashkilot ishchilari, partiya faollari, BPT raislari ishtirokida “Konstitutsiyaviy islohotlar - inson qadri uchun” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvidagi nutqi hamda “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tildi.
“Insonning qadr-qimmati, asosiy huquq va erkinliklari daxlsiz, ajralmasdir, ular har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘ladi” degan taklif ilgari surildi, - deydi O'zLiDeP Nurobod tuman Kengashi huzuridagi Faxriylar Kengashi raisi Abduraxmoan Sharipov - Hozirgi vaqtda Konstitutsiyamiz normalarini hayotga to‘la tatbiq etish, jamiyatda qonun va adolat ustuvorligini, inson huquq va manfaatlari, uning qadr-qimmatini yanada samarali ta’minlash borasidagi izchil siyosatimizni asosiy qonunimizda mustahkamlash, inson huquqlarini ta’minlash uchun mustahkam poydevor vazifasini o‘taydi.
Tadbirda mavzu yuzasidan keng muhokamalar olib borildi. Davra suhbati yakunidan takliflar yig‘ib olindi. Ishtirokchilar tomonidan yo‘llangan savollarga xalq vakillari tomonidan atroflicha javoblar berib o‘tildi.
Marhabo Usanova,
O'zLiDeP Nurobod tuman Kengashi
apparat rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Dehqonchilik qilmoqchi bo‘lgan yoshlar uchun nimalar o‘zgardi?
07.05.2024, 16:47
-
Buxoro tumani mahallalarida “Ishbilarmon ayol-2024” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichlari davom etmoqda
06.05.2024, 13:41
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
-
O‘zaro manfaatli va ishonchli hamkorlik yangi marralarga chorlaydi
04.05.2024, 20:04
Fikringizni qoldiring